ⓘ Chorvoq soyligi - Toshkent viloyati Bostonliq tumanidagi soylik. Garbiy Tyanshan toglari orasida, Toshkent shahridan 70–80 km shim.sharkda joylashgan. Neotekton ..

                                     

ⓘ Chorvoq soyligi

Chorvoq soyligi - Toshkent viloyati Bostonliq tumanidagi soylik. Garbiy Tyanshan toglari orasida, Toshkent shahridan 70–80 km shim.sharkda joylashgan. Neotektonik xarakatlar natijasida paleozoy davrida Piskom va Chatqol daryolarining quyi oqimqda vujudga kelgan sinklinal. Hamma tomonidan yer yoriklari orkali uni orab olgan tizmalardan ajralgan. Soylik paleozoy, neogen va tortlamchi davr yotqiziqlari bilan tolgan. Soylikning uz. 20 km dan ziyod, eni 7–9 km. Shim.dan Ugom tizmasi, Piskom vodiysi, sharkdan Koksuv tizmasining Otyaylov va Qongirbuqa toglari, Koksuv vodiysi, jan.dan Chatqol tizmasining Katta Chimyon, Obiqashqa toglari, jan.sharqda Chatqol vodiysi bilan oralgan. Yon bagirlarida yangi tektonik harakatlar va daryolar faoliyati natijasida hosil bolgan va nisbiy balandligi turlicha daryo terrasalari bor. Relyefi surilmalar, karstsuffozion jarayonlari natijasida shakllangan. Soylikka Piskom, Koksuv, Chatqol, Navolisoy, Sijjaksoy, Oqsorsoy, Afgonsoy, Mozorsoy, Beshqayragochsoy kabi daryosoylar oqib keladi. Chorvoq soyligining garb tomoni ochiq bolib, Ugom va Chatqol toglari tabiiy darvoza hosil qilgan. Shu yerda Chorvoq suv ombori barpo etilgan. Suv omboridan Chirchiq daryosi boshlanadi.

Murod Mamatqulov.