ⓘ Chorgoh - 1 On ikki maqom tizimidagi 24 shobalardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun va yarim ton oraligida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. Otmis ..

                                     

ⓘ Chorgoh

Chorgoh - 1) On ikki maqom tizimidagi 24 shobalardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun va yarim ton oraligida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. Otmishda bastakorlar Ch.ning pardalari negizida turli shakl va janrlarda asarlar yaratishgan. Ch. makom yollari hozirgi kunga kadar xilmaxil ijod va ijro uslublari orkali bizgacha yetib keldi. Muayyan maqom yoki shoba tovushqatorining tortinchi pardasi ham Ch. deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan xar xil maqom va shobalarga tayangan holda Ch. nomida kuy va ashulalar bitilgani malum. Mac, "Chorgohi Ajam" kabi. Bu asar Orta ayerlarda 24 murakkabotning biri sanalgan; 2) Shashmaqom hamda Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh makrmida tarkibiy cholgu kuy va ashula yollari: "Muxammasi Ch.", "Talqini Ch.", "Nasri Ch.", "Ufari Ch.", "Savti Ch.", "Talqinchai Savti Ch.", "Qashqarchai Savti Ch.", "Soqiynomai Savti Ch.", "Ufari Savti Ch.". Ular parda tuzilishining dastlabki tort pogonasi On ikki makom Ch. shobasiga moye keladi. Ch. maqom yollari yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush kayfiyat uygotadi. Ch. shobalarining ozgacha uslubiy yollari ham yaratilgan. Chunonchi, Toshkent, Fargonada mashhur Ch. ashula yollari, "Yovvoyi Ch.", surnay kuylari, Sodirxon Hofiz yaratgan "Chorgohi Munojot" shular jumlasidan. Mazkur vohalarda mashhur Ch. yollari 5 qismli yirik shakldagi ashula turkumidan iborat. "CH.1" saraxbor, "CH.2" tarona, "CH.Z" savt, "CH.4" qashqarcha, "CH.5" va Ch.6" ufar doyra usullari asosida ishlangan; 3) Eron dastgohlari, ozarbayjon mugomlari va uygur muqomlaridan birining nomi. Mazkur Ch.larning parda tuzilishi birbiriga yaqin bolsada, kuyohanglari, usul va uslublari uz milliy va mahalliy musiqasiga xosdir.