ⓘ Chorsu, mehmonxona. CHORSU - mehmonxona. Toshkent shahrining Chorsu maydoni, Navoiy, Beruniy va Samarkand darvoza kochalarining kesishgan joyida, Ukkosha bulogi ..

                                     

ⓘ Chorsu (mehmonxona)

"CHORSU" - mehmonxona. Toshkent shahrining Chorsu maydoni, Navoiy, Beruniy va Samarkand darvoza kochalarining kesishgan joyida, Ukkosha bulogi ustiga qurilgan, salobatli korinishga ega. 1982 yilda qurilgan. Bino 23 qavatli bolib, dastlabki 2 qavati - restoran, banket zali, mamuriyboshqaruv xonalari joylashgan binoblok qoshilib yaxlit memoriy ansamblni tashkil etadi. Binoning pastki qismida baland qilib tirgakli devorlar yordamida supasimon kompozitsiya tashkil qilinib, uning yaqinida joylashgan Kokaldosh madrasasining eng pastki qismiga tenglashtirilgan. Bino memorligida oftobdan saqlovchi jihozlar orqali badiiy yechimga erishilgan. Mehmonxona 1, 2, 3 orinli xonalardan iborat turar joylarni tashkil etadi. Bino ichki bezaklarida turli bezakrelyeflar ishlangan. Binoning kop qavatli qismi yigma temirbeton konstruksiya bolib, zilzilaga chidamlidir. 2004 - 05 yillarda qayta tamirlandi.