ⓘ Chortoq mineral suvi - shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi boyicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rN=7.2 bilan 2.6 gl va tarki ..

                                     

ⓘ Chortoq mineral suvi

Chortoq mineral suvi - shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi boyicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rN=7.2 bilan 2.6 g/l va tarkibida 14 mg/l kremniy kislotasi mavjud. Suvning trasi 30°. Chortoq shahridan 7 km shim.sharkda Chortoqsoy sohilida "Chortoq" sanatoriysi joylashgan. Bu yerda 1953 yil neogen yotqiziqdaridan tashkil topgan Chortoq strukturasida chuqur burgi quduqlari yordamida mineral suv topilgan. Baktriya seriyasi konglomeratlarida 150– 500 m oraliqda 4 ta suv otkazuvchi gorizont ochilgan, chuq. 507 m li burgi qudugi 1958 yil Fargona gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan qazilib, 1959 yilda foydalanishga topshirilgan. Burgi qudugining debiti 2 atm bosimda 7 l/sek atrofida. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini davolashda ichish uchun foydali. Massaget seriyasi yotqiziqlaridan topilgan Chortoq mineral suvis. esa, yuqori minerallashgan, gipertermalli, xloridnatriykaltsiyli, kam radioaktivli, tarkibida yuqori darajada yod va brom bolgan gaz chikaruvchi azotli suv. Kimyoviy elementlar majmuasining uygunligiga kora, bu suv balneologik nuqtai nazaridan katta amaliy ahamiyatga ega. 1250–1550 m chuqurlikdagi massaget seriyasi yotqiziqlarida ochilgan, favvora bolib chikuvchi suvlar bazasida "Chortoq" sanatoriysi faoliyat korsatmoqda. Bu suv tayanchharakat organlari, poliartrit, medaichak, ginekologik, spondilyoz, yurak, teri va boshqa kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda. Chortoqning yodlangan mineral suvi nafaqat balneologik nuqtai nazaridan, balki sanoat uchun zarur bolgan yod ajratib olish obyekti sifatida ham ahamiyatga ega.