ⓘ Choson - Koreya tarixidagi ilk davlat. Dastlab Ch. - qabila yoki qabila ittifoqi tomonidan barpo etilgan. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Ch. Xitoydagi Xan sulol ..

                                     

ⓘ Choson

Choson - Koreya tarixidagi ilk davlat. Dastlab Ch. - qabila yoki qabila ittifoqi tomonidan barpo etilgan. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Ch. Xitoydagi Xan sulolasi tomonidan bosib olingan. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash jarayonida, milodning boshlarida Koguryo, Pekche va Sila kabi ilk orta asr mahalliy davlatlari shakllangan. Ch. koreys davlatining nomi sifatida Li sulolasi qaror topishi bilan vujudga kelgan va 1897 yil Koreyani Texan imperiyasi deb qayta nomlanishiga qadar saklanib qolgan. KXDR barpo etilishi bilan "CH." atamasi respublikaning rasmiy nomi tarkibiga kirgan.