ⓘ Chottopaddhaya Bonkimchondro - hind yozuvchisi va shoiri. Bengal tilida ijod etgan. Bengal adabiyotida tarixiy roman janrining asoschisi. Asarlarida vatanparvar ..

                                     

ⓘ Chottopaddhaya Bonkimchondro

Chottopaddhaya Bonkimchondro - hind yozuvchisi va shoiri. Bengal tilida ijod etgan. Bengal adabiyotida tarixiy roman janrining asoschisi. Asarlarida vatanparvarlik va hind xalqining milliy ozodlik uchun kurashi bobidagi yetuk goyalar aks etgan. Ch.ning "Seni olqishlayman, Vatan!" sheri hind xalkining 1905 - 47 yillar mobaynidagi milliy ozodlik kurashining gimni bolib kelgan. "Chondroshekhar", "Baxt makoni", "Raj Singh" romanlari mustaqillik uchun kurash hissiyotlari bilan sugorilgan. Ijtimoiy muammolar, jumladan, jamiyatda ayollar huquqini cheklanganligi muammosi "Zaharlangan daraxt", "Krishnokanto vasiyati" kabi romanlarida aks ettirilgan. Ch. marifatparvar, publitsist va "Bongodorshon" jur.ning bosh muharriri sifatidagi faoliyati bilan Bengaliyaning madaniy hayotida alohida orin tutib kelgan. Ch.ning bir qancha tarixiy, adabiy, ijtimoiy va ilmiyfalsafiy maqolalari, satirik hikoyalar toplamlari ham bor.