ⓘ Choch raqsi - milodiy 1ming yillik ortalarida Xitoyda shuhrat qozongan raqs turi. Chjechji nomi bilan atalgan. Choch raqsini, asosan, qizjuvonlar ijro etgan. Ra ..

                                     

ⓘ Choch raqsi

Choch raqsi - milodiy 1ming yillik ortalarida Xitoyda shuhrat qozongan raqs turi. Chjechji nomi bilan atalgan. Choch raqsini, asosan, qizjuvonlar ijro etgan. Raqsga avval bir kishi tushgan, yani yakka oyin hisoblangan. Milodiy 5 - 6-asrlarda esa, 5 kishi, keyingi asrlarda esa 24 kishi oynagan. Choch raqsi davra qilib, aylanib oynalgan, u milliy musiqa, maqom va xonanda ashulasi bilan ham qoshib yuborilgan. Raqqrsalardan biri davraning markazida oynab, oyinni boshqarib borgan. U xuasin deb atalgan. Raqqosalar qimmatbaho matolardan tikilgan, dur va javohirlar, chyroyli kashta nusxalar bilan bezalgan liboslarda chiqishgan. Choch raqsi xitoyliklarni oziga maftun etgan. Osha davrlarda yozilgan musiqa risolalarida bu oyinga juda yuqori baho berilgan. Mac, Chyan Yan ozining "Musiqa kitobi" asarida "Xitoyliklar chjechji raqsini ijro etishda xuslar bilan tenglasha olmaydilar", deb yozgan. Xitoy shoirlari Choch raqsining maftuni bolib, unga bagishlab 29 ta sher va qasidalar yozganlar. Ad,: Shoniyozov K., Qang davlati va qanglilar, T., 1990. Muham madjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002.