ⓘ Chust-pop adirlari - Fargona vodiysidagi adirlar. Fargona botigining shim.da. Garbda Xonobod qishlogidan boshlanib sharqda Chuyet shahri yaqinida tugaydi. Shim. ..

                                     

ⓘ Chust-Pop adirlari

Chust-pop adirlari - Fargona vodiysidagi adirlar. Fargona botigining shim.da. Garbda Xonobod qishlogidan boshlanib sharqda Chuyet shahri yaqinida tugaydi. Shim.da OlmosVarzik adirorti botigi, jan.da Chodaksoy, Govasoy, Chustsoy va boshqa yoyilma konuslarining qoshilishidan hosil bolgan Sirdaryoga nishab tekisliklar va Sirdaryo terrasasi bilan chegaralangan. Adirlar garbdan sharqqa 38 km ga chozilgan. Eni 4–5 km. Balandligi garbiy qismda 939 m gacha, sharqida 855 m gacha. Qurama va Chatqol tizmalaridan boshlanuvchi daryolar adirlarni kesib otgan. Antiklinal tuzilishga ega, neogenquyi tortlamchi davrlarning gil, alevrolit, konglomerat, lyosslaridan tashkil topgan. Qishi motadil, yozi issiq, yogingarchilik kam. Boz tuproqlar tarqalgan, asosan, efemer va efemeroidlar osadi. Ancha qismi suv chiqarilib ozlashtirilgan.