ⓘ Chuqurlik olchagich - 1 detallardagi teshiklar, oyiklar, rezbalarning botiklari va boshqa chuqurligini olchash uchun moljallangan asbob. Chuqurlikning olchami a ..

                                     

ⓘ Chuqurlik olchagich

Chuqurlik olchagich - 1) detallardagi teshiklar, oyiklar, rezbalarning botiklari va boshqa chuqurligini olchash uchun moljallangan asbob. Chuqurlikning olchami aniqlanadigan hisoblash qurilmasining xiliga qarab, Chuqurlik olchagich shtangen, mikrometrik va indikatorli turlarga bolinadi. Shtangen Chuqurlik olchagich asosli ramka, shtanga, mikrometrik mexanizm va nonius dan iborat. Uning ulchash chegarasi 320 mm gacha, bulinmasining qiymati 0.05 mm hamda olchash chegarasi 500 mm gacha, bulinmasining qiymati 0.1 mm bolgan xillari bor. "Mikrometrik Chuqurlik olchagich asos, darajalangan sterjen, olchash sterjeni, baraban, tartarak va stopor dan iborat. Uning olchash chegarasi 150 mm gacha, bulinmasining qiymati 0.01 mm. Indikatorli Chuqurlik olchagich asos, tutqich, indikator va ulchash sterjenidan iborat. Uning ulchash chegarasi 100 mm gacha, bulinmasining qiymati 0.01 mm. "Mikrometrik va indikatorli Chuqurlik olchagichlar almashtirib tursa boladigan olchash sterjeni bilan taminlanadi. Kursatkichlar bevosita mikrometr yoki indikator buyicha hisoblanadi. Shtangen Chuqurlik olchagichlarda korsatkichlar bevosita darajalarga bolingan reykadan olchanadi; 2) suvning chuqurligi olchanadigan asbob.