ⓘ Chuhra - Temuriylar, Shayboniylar davrida hukmdor saroyida xizmat qiluvchi xos maxram. Ch.lardan saroy qoriqchilari, yani hukmdorning shaxsiy gvardiyasi tashkil ..

                                     

ⓘ Chuhra

Chuhra - Temuriylar, Shayboniylar davrida hukmdor saroyida xizmat qiluvchi xos maxram. Ch.lardan saroy qoriqchilari, yani hukmdorning shaxsiy gvardiyasi tashkil qilingan. Ch.likka aslzoda, zodagon va yuqori tabaqa farzandlari jalb etilgan. Boburnint takidlashicha, Abu Sayd Mirzo saroyida 100 ta Ch. xizmat kilgan, ularning 50 tasi Xuroson Ch. tobini, qolgan 50 tasi esa Samarkand Ch. tobini deb yuritilgan. Ch.lar, tabiiyki, hukmdor hokimiyatini asrash, unga sodiq qolish ruhida tarbiyalangan. Asosan, hukmdor qarorgohini qoriqlash uchun xizmatga jalb etilgan. Ch. zarur vaziyatlarda harbiy harakatlarda ham qatnashgan. Ch.lar xizmat chogida bevosita chuhra oqosi hamda chuhraboshiga boysungan.