ⓘ Chokindi konlar - suv havzalari tubida chokindi yigilishi jarayonida shakllanuvchi foydali qazilma yotqiziqlari. Ular daryo, botqoq, kol, dengiz va okeanlarda h ..

                                     

ⓘ Chokindi konlar

Chokindi konlar - suv havzalari tubida chokindi yigilishi jarayonida shakllanuvchi foydali qazilma yotqiziqlari. Ular daryo, botqoq, kol, dengiz va okeanlarda hosil bolib, dengiz va okeanlardagilari platforma va geosinklinal Chokindi konlariga ajratiladi. Dengizda hosil bolgan Chokindi konlar katta olchamli bolib, onlab km ga, katlam svitalari esa yuzlab km ga choziladi. Chokindi konlar mexanik, kimyoviy va biokimyoviy larga ajratiladi. Chokindi jinslar va ular bilan bogliq bolgan Chokindi konlarning shakllanishi litogenezning 3 bosqichi: sedimentogenez, diagenez va katagenez orqali boladi. Chokindi konlar tog jinslariga muvofiq yotadi va qatlam yoki tekislik linzalar shaklida boladi. Bazan metamorfizm va tektonik harakatlar oqibatida ular oz shaklini ozgartirib, murakkabroq qiyofa hosil qiladi. Chokindi konlardagi minerallarning tarkibi minerallarning 3 guruhi bilan aniqlanadi: 1. Chaqiq minerallar, ular nurash jarayoniga chidamli boladi; 2. Kimyoviy nurash mahsulotlari ; 3. Yangi chukindi hosilalar. Chokindi konlar yirik sanoat ahamiyatiga ega bolib, ularga hamma yonuvchi qazilmalar, temir, marganets, alyuminiy rudalarining ayrim turlari hamda rangli va nodir metallar konlari kiradi. Chokindi konlar orasida qurilish materiallari, qazilma tuzlar, fosforitlarning kopgina konlari malum.