ⓘ Chollanish - qurgoqchil iqlimli olkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiiyiqtisodi ..

                                     

ⓘ Chollanish

Chollanish - qurgoqchil iqlimli olkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiiyiqtisodiy imkoniyatlarning pasayib ketishiga olib keluvchi tabiiygeografik hamda antropogen jarayonlar majmui. Bu jarayonlar tabiiy osimliklar turlari va miqdorining kamayishi, tuproq eroziyasi, tuproqning shorlanishi va unumdorligining kamayib ketishi kabilardan iborat. Ch. natijasida chollarning maydoni ortadi, chol tavsifli landshaftlar yuzaga keladi. Yer yuzasining 48.5 mln. km² ga yaqin kismi chol va chala chollardan iborat bolib, uning 10 mln. km² ga yaqini antropogen omillar tasirida yuzaga kelgan. Ch. jarayoni deyarli barcha kitalarda, koproq Afrika, Osiyo, Avstraliya hamda Jan. Amerikaning qurgoqchil iklimli hududlarida kuzatilmoqda. Orta Osiyoda Orol dengizi va Orolboyi regionida ham mavjud bolib, tang ekologik holat yuzaga keldi. Ch. murakkab va jahon miqyosidagi ekologik muammoga aylandi. Ch. 1968 - 79 yillarda Afrikada Sahroi Kabirning jan. hududlarida, garbdan Mavritaniya va Senegaldan boshlab, sharkda Chad va Sudan chegarasigacha bolgan juda kata maydonda roy bergan va bu qurgokchilik "Sahel fojiasi" nomi bilan mashhur boldi. Ch.ni organish, oldini olish va unga qarshi kurashish choratadbirlari boyicha jahon miqyosida ishlar olib boriladi. Bu mavzudagi 1ilmiy anjuman 1977 yilda Keniyaning Nayrobi shahrida otkazilgan va unda Ch.ga qarshi kurash rejasi ishlab chiqilgan. Bunday ilmiy anjumanlar Ozbekistonda 1981 yilda Toshkentda, 2000 yilda Samarqandda otkazilgan. Ozbekiston Respublikasi 1995 yil 31 okt. da qurgoqchilik va Ch.ga qarshi kurash Xalqaro konvensiyasiga qoshilgan.

Shuhrat Zokirov.