ⓘ Chongara-galcha gazneft koni - Fargona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qoqon shahridan 35 km jan. da, Olay toglarining tog oldi qiyaliklaridagi Galcha, Chongar ..

                                     

ⓘ Chongara-Galcha gazneft koni

Chongara-galcha gazneft koni - Fargona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qoqon shahridan 35 km jan. da, Olay toglarining tog oldi qiyaliklaridagi Galcha, Chongara, Shim. Sox antiklinallarida joylashgan. 1949 yilda ochilgan. 1950 yildan foydalanishga togapirilgan. Kon Chongara va Galcha strukturalarining sharkiy periklinal botikligida joylashgan. Chongara antiklinal strukturasi kichik bolib, baqgriyasox yotqiziklari boyicha uz. 6 km, eni 1.3 km, asimmetrik tuzilishga ega, kenglik boyicha chozilgan. Galcha strukturasi Chongara strukturasiga nisbatan jan.roqsa joylashgan bolib, subkenglik boyicha chozilgan gumbazi yassi va keng. Konda jami 118 ta burgi qudugi kazilgan bolib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziklarini ochgan. 1958 - 60 ylarda Chongara va Galcha maydonlaridagi neft uyumi yaxlit ekanligi malum boldi.

Konda sanoat miqyosida neft 4gorizontda litologik tosilgan uyumda, gaz 5 va 7gorizontlardagi uyumlarda mujassamlashgan. 4gorizont mergel, angidrit, gillar bilan almashinib keladigan ohaktoshlardan tarkib topgan. Ular ostidagi mayda zarrali qumtoshlar ayrim joylarda qiyiqlanib, alevrolit yoki gil bilan almashinib keladi. Neft va gaz uyumlari aynan shu joyda qumtoshlarning litologik qiyiqlangan zonalarida joylashgan. 5gorizont paleogen davrining turkiston, 7olay qatlarining yuqori qismidagi gil jinslar ichida ajratilgan, asosan, ohaktoshlardan va qisman mergel qatchalaridan tuzilgan. 5gorizont 340–420 m, 7gorizont 405–467 m chuqurlikda ochilgan. Hamma gorizont lardagi suvlar past darajada minerallashgan bolib, kimyoviy tarkibiga kora, gidrokarbonatnatriyli va sulfatnatriyli tipga mansub. Kon zaxirasiga kora, kichik konlar toifasiga kiradi. Kondan hozirgi vaqgda foydalanilmoqda.