ⓘ Chopondepe, Chopontepa - miloddan avvalgi 6 - 5ming yilliklar ga oid arxeologik yodgorlik. U ilk sugorma dehqonchilik madaniyatiga mansub. Ch. Ashxobod viloyati ..

                                     

ⓘ Chopondepe

Chopondepe, Chopontepa - miloddan avvalgi 6 - 5ming yilliklar ga oid arxeologik yodgorlik. U ilk sugorma dehqonchilik madaniyatiga mansub. Ch. Ashxobod viloyatining Gokdepe tumani markazidan 7–8 km sharkda joylashgan. 1957 - 58 yillarda qayd etilib, qazishmalar otkazilgan. Ch. uzunchoq shaklda bolib, balandligi 5 m, maydoni 2 ga dan iborat. Bir necha ming yilliklar davomida Ch.da kechgan otroq hayot izlari yodgorlik sahni ostida 6 m li kalin likdagi madaniy qatlamda saqlanib qolgan. Qazish jarayonida uning yuqori va ostki qatlamlaridan turar joy xarobalari kavlab ochilgan. Murabba shakldagi uylar yirik guvala lardan somonli loy bilan bino qilingan. Xona devorlari sahni somonli loy bilan suvalgan. Xonaga torgina eshik orqali kirilib, ichkarisida guvaladan barpo etilgan ulkan ochoq, tashqarisida esa, hovli, xojalik orasi va kataklari joylashgan. Kazishmalardan 2 mingdan ortiq mikrolit tosh qurollar, qolda yasalgan sopol idish, turli hayvonlarning suyaklari va komirga aylangan don qoldiqlari topilgan. Sirti silliklangan sopol idishlarning ayrimlariga toq jigarrang yoki och malla rangli tolqinsimon yoki yarim doira shakllardagi naqshlar berilgan. Topilmalardan malum bolishicha, Ch.liklar, asosan, sugorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shugullangan bolsalarda, ovchilik ham ular hayotida muhim orin tutgan.