ⓘ Chochqachilik - chorvaniyaiknpng chochqalarni urchitish, ulardan gosht, yog, teri va boshqa mahsulotlar olish bilan shugullanadigan tarmogi; chochqalar biologiy ..

                                     

ⓘ Chochqachilik

Chochqachilik - chorvaniyaiknpng chochqalarni urchitish, ulardan gosht, yog, teri va boshqa mahsulotlar olish bilan shugullanadigan tarmogi; chochqalar biologiyasi, seleksiyasi, zootexnikasi, xojalik ahamiyatini organadigan fan.

Chochqachilik chorvachilikning juda qad. tarmoqlaridan biri. Shaharlarning yiriklashuvi, aholining gosht va boshqa chorvachilik mahsulotlariga bolgan ehtiyojlari ortib borishi bilan Chochqachilik ham jadal rivojlandi. 18-asrdan Amerikada mahalliy chochqa zotlarini bu yerga olib kelingan yunonrim va qad. xitoy zotlari bilan chatishtirib, yangi sermahsul zotlar chiqarildi, tovar Chochqachilikdan naslchilik Chochqachilik ajralib chikdi, seleksiya ishlari olib borildi, naslchilik kitoblarini yuritish boshlandi, natijada yorkshirlar, berkshirlar kabi yuqori mahsuldor chochqa zotlari yaratildi.

Chochqachilik jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda gosht maqsulotlari yetishtirishda samarali soha hisoblanadi. Jahon boyicha chochqalar soni 912.7 mln. boshni tashkil etadi 1999; Afrika mamlakatlari mln. bosh 27.0, Xitoy 429.1, AQSH 62.2, Braziliya 27.4, Ispaniya 21.6, Rossiya 17.3 va boshqalarda yirik chochqachilik fermalari tashkil etilgan. Chochqa goshti yetishtirishning deyarli yarmi Osiyo mamlakatlari hiseasiga togri keladi. Ozbekistonda Chochqachilik, asosan, 19-asrning 2yarmida, Rossiya imperiyasi Orta Osiyoni bosib olganidan keyin bu yerga kochib kelgan yevropalik aholi orqali paydo boldi. 1960- yillarga qadar issiq iqlim noqulayliklariga qaramay, davlat va jamoa xojaliklarining Chochqachilik fermalarida va, asosan, rus, ukrain, belorus va boshqa yevropalik aholining shaxsiy xojaliklarida rivojlandi. Rossiya, Ukraina, Kavkazdan sermahsul oq chochqa, Ukraina dasht oq chochqasi, Shim. Kavkaz va landras chochqa zotlari keltirildi. Ozbekiston chorvachilik intida Chochqachilik bolimi tashkil etildi. Chochqachilik bilan shugullanadigan naslchilik zdlari, xojaliklari va fermalari barpo etildi. 1960 - 91 yillarda Chochqachilik sanoat asosida jadal rivojlantirilgan. Toshkent, Samarkand, Jizzax viloyatlarida ixtisoslashgan Chochqachilik komplekslari qurildi, jumladan, 108 ming boshga moljallangan "Gallaquduq", 54 ming boshga moljallangan "Sirgali" va "Rassvet" komplekslari ishga tushirildi. 1990 yilda barcha toifadagi xojaliklarda chochqalar soni 716 ming boshga yetdi, 47 ming t chochqa goshti tayyorlandi. 1991 yildan keyin qishloq xojaligida otkazilgan iqtisodiy islohotlar davomida Chochqachilik fermalari xususiylashtirildi. Ozbekistonda 85.3 ming bosh chochqa boqildi, 5 ming t gosht tayyorlandi 2003.

Ozbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti chochqachilik bolimida Chochqachilik ishlarini tashkil etish, chochqalarni parvarish qilish va ulardan sifatli mahsulot olish kabi mavzular boyicha tadk, iqot ishlari olib boriladi. Oliy va maxsus qishloq xojaligi oquv yurtlarida Chochqachilik fan sifatida oqitiladi.