ⓘ Choglanma lampa - elektr toki tasirida tolasi choglanib nur sochadigan yoruglik manbai. Ichidan havosi sorilib, choglanish jismi joylangan kolba dan iborat. Baz ..

                                     

ⓘ Choglanma lampa

Choglanma lampa - elektr toki tasirida tolasi choglanib nur sochadigan yoruglik manbai. Ichidan havosi sorilib, choglanish jismi joylangan kolba dan iborat. Bazi Choglanma lampalarning kolbasi tolaning trasi, yani nur sochishini yaxshilash uchun inert gaz bilan toldiriladi. Choglanma lampaning tolasi spiral, bispiral yoki trispiral tarzida oralgan volfram simdan qilinadi. Choglanma lampa yonganda tolasi 2500 - 3300 K gacha qiziydi; nur sochish quvvati 10 - 35 lm/Vt; xizmat muddati 1000 soatgacha. Dastlabki Choglanma lampani 1872 yilda A.N.Lodigin ixtiro qilgan. 1879 yilda T.A. Edison uni takomillashtirgan. Choglanma lampalar xonalar va maydonlarni yoritishda, kinoproyeksion apparatlarda, konlarda, avtomobillarda ishlatiladi.