ⓘ Shayx Xovandi Tohur, Shayxontohur - shayx. Shayx Umar Bogistoniyning ogli. Rivoyat etilishicha, Umar Bogistoniy befarzand bolib, kunlarning birida oz zavjai muh ..

                                     

ⓘ Shayx Xovandi Tohur

Shayx Xovandi Tohur, Shayxontohur - shayx.

Shayx Umar Bogistoniyning ogli. Rivoyat etilishicha, Umar Bogistoniy befarzand bolib, kunlarning birida oz zavjai muhtaramasi bilan Shayx Zayniddin maqbarasiga kelib Allohdan farzand ato etishni iltijo qilishadi. Kop otmay farzand korishib, Shayx Umar farzandini Shayx Zayniddin mozorlariga olib boradilar. U yerda kabutarlar chaqaloqni korib "at-tahur, at-tahur" deb sayray boshlashadi. Shayx Umar buni tugilgan ogliga bashorat deb biladi va unga Xovandi Tohur pok shayx deb nom qoyadi.

Shayx Xovandi at-Tahur ilohiyotga va tariqatga doir ilk saboqni otasidan olgan. Uning onalari tomonidan bobolari mavlono Tojiddin Dargamiy "Rashahot aynil-hayot" "Hayot buloqlaridan oqqan tomchilar" nomli asarda yozishicha, Shayx Xovandi at-Tahur ilohiyot va tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri, yetuk mutasavviflardan bolgan. U yassaviylik tariqati namoyandalaridan tariqat yolini organadi hamda ilmi zohiriy va ilmi botiniy sir asrorlaridan voqif boladi, karomatli shayxlar orasida yuksak maqomga erishadi. Xovandi at-Tahur ismi "nihoyatda pok xodim" manosini anglatadi. Yakka xudolik haqidagi talimotni, tasavvufga oid iboralarni sharhlab bergan, shuningdek, sheriyat bilan shugullangan.

                                     

1. Sheriy merosi

  • "Risola dar masoyi shariat va tariqat" "Shariat va tariqat masalalari haqidagi risola"
  • "Risola dar arkoni islom" "Islom arkonlari haqida risola"
  • "Risola dar odobi tariqat" "Tariqat odobi haqida risola"
  • "Risolai dah shart" "Onta shart haqidagi risola"

Ularda islom arkonlari, insonning poklanish va kamolga yetishi, shariat va tariqatning ozaro munosabatlari, inson komillik darajasiga yetkazish masalalari bayon qilingan.

Sh.X.T.ning Dovud ismli ogli bolib, u ham shayx sifatida mashhur edi. SH.X.T. dafn etilgan joy ziyoratgoh hisoblanadi. Uning mozori atrofida boshqa sagana va qabrlar paydo bolib, Toshkentning katta va muqaddas qabristoniga aylangan. Xoja Ahror qabr ustiga maqbara qurdiradi. Zotan uning volidai muhtaramasi shayx Dovudning qizi bolgan. Xoja Ahror qurdirgan inshoot zamonlar otishi bilan nurab, bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi maqbara esa avvalgisining loyihasi va korinishini saklagan holda qayta tiklangan yana q. Shayx Xovandi Tohur majmuasi. Toshkent shahridagi tumanlardan biri Sh.X.T. nomi bilan ataladi.

                                     

2. Havolalar

  • N.Muhamedov. Islomshunoslik qomusiy lugat 281 bet, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: "Movarounnahr". 2014