ⓘ Shahrisabz dostonchilik maktabi - 20-asr boshlarigacha ozbek dostonchiligida mavjud bolgan oziga xos ijrochilik yoli. Bu maktabning ayrim xususiyatlari ulkan xa ..

                                     

ⓘ Shahrisabz dostonchilik maktabi

Shahrisabz dostonchilik maktabi - 20-asr boshlarigacha ozbek dostonchiligida mavjud bolgan oziga xos ijrochilik yoli. Bu maktabning ayrim xususiyatlari ulkan xalq baxshisi Abdulla Nurali ogli ijodi va repertuarida saqlanib qolgan. Shahrisabz dostonchilik maktabim.ga mansub baxshilar dostonlarni shox, quvnoq, kotarinki ruhda kuylashlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turganlar. Abdulla shoir 19-asrning shahrisabzlik mashhur dostonchilari Xidir shoir, Ernazar shoirlar bilan bogliq bolgan Rajab shoirning shogirdidir. Abdulla shoir ijrosi folklorshunoslar tomonidan kop kuzatilgan bolsada, uning repertuaridagi 10 dan ortiq doston deyarli yozib olinmagan. Shoirdan umrining songgi yillarida yozib olingan "Alpomish" dostoni u kuylab kelgan variant xususiyatlarini ozida mukammal saqlay olmagan. Biroq uning boshqa baxshilardan farq qiluvchi ijro usullari Shahrisabz dostonchilik maktabim. haqida muayyan tasavvur bera oladi.