ⓘ Shisha tolalar - suyuqlantirilgan shishadan tayyorlanadigan tolalar, diametri 3 - 100 mkm, uz. 20 km va undan uzun yoki diametri 0.5 - 20 mkm, uz. 1 - 50 sm qil ..

Dializ

Dializ - kolloid sistemalar va yuqori molekulali birikmalarning eritmalari tarkibidagi kuyi molekulali moddalarni yarimotkazgich membranalar yordamida yoqotish. Diffuziya qonunlariga asoslangan. Dializatorlarda olib boriladi. Oddiy dializator distillangan suv saqlanadigan idish va suvga botib turadigan shisha silindr dan iborat. Shisha silindrning ogzi ochiq bolib, tubi parda - membrana bilan tosilgan. Silindrga tozalanadigan kolloid eritma quyiladi. Idishdagi suv silindr devorlarini yuvib, muttasil oqib turadi. Kolloid eritmaning ion va mole-kulalari silindr tagidagi pardadan otib, suvnin ...

                                     

ⓘ Shisha tolalar

Shisha tolalar - suyuqlantirilgan shishadan tayyorlanadigan tolalar, diametri 3 - 100 mkm, uz. 20 km va undan uzun yoki diametri 0.5 - 20 mkm, uz. 1 - 50 sm qilib ishlab chiqariladi. Uzluksiz Shisha tolalar tashqi korinishidan tabiiy yoki suniy ipak tolalariga, shtapel Shisha tolalar esa ip yoki jun ipga oxshaydi.

Uzluksiz Shisha tolalar suyuqlantirilgan shisha massasini filyerlardan teshiklar soni 200 - 2000 mexanik qurilmalar yordamida chozib tola shakliga keltirilib, galtaklarga oraladi. Shtapel Shisha tolalar bir bosqichli usulda - suyuqlantirilgan shisha massasi oqimini bug, havo yoki issiq gaz bilan ajratib hosil qilinadi.

SH.t. xossasi, kimyoviy tarkibi, issiqqa chidamliligi, elektr tokini otkazmasligi, issiklik otkazuvchanligining pastligi, termik kengayish koeffitsiyentining kichikligi, kimyoviy chidamliligi va mexanik puxtaligi bilan belgilanadi. Shisha tolalar hozirgi zamon texnikasida shishaplastiklar uchun armirlovchi mustahkamlovchi material sifatida, filtrlashda va elektrotexnikada izolyatsiya materiali sifatida ishlatiladi.