ⓘ Sholi - boshoqdoshlarga mansub bir va kop yillik osimliklar turkumi, don ekini. 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tr ..

                                     

ⓘ Sholi

Sholi - boshoqdoshlarga mansub bir va kop yillik osimliklar turkumi, don ekini. 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropiklari va subtropiklarida osadi. Dehqonchilikda tropik, subtropik va motadil poyasning iliq mintaqalarida bir yillik ekma Sh. turi ekiladi. Eng qadimiy oziqovqat ekinlaridan biri. Janubiy-Sharqiy Osiyoda bundan 7 ming yil muqaddam ekilgan. Sholikorlikning eng qadimiy makonlari Hindiston va Xitoy. Orta Osiyoda mil. av. 3 - 2-asrdan, Yevropada 8-asrdan, Amerikada 15 - 16-asrdan ekila boshlagan.

Garbiy Afrikada yalangoch donli yoki afrika Sh.si turi ham ekiladi, yovvoyi osadigan turlari - nuqtali Sh. O. punctata va qisqa qiltiqli Sh. ovqatga ishlatiladi.

Jahonda Sh. ekin maydonlari 155.5 mln.ga 115 dan ortiq mamlakatda ekiladi, hosildorligi 38.4 s/ga, yalpi hosil 596.4 mln. t ni tashkil etdi 1999. Asosiy Sh. yetishtiradigan mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Indoneziya 1999. Ozbekistonda ekin maydoni 101.3 ming ga, hosildorlik 28.3 s/ga, yalpi hosil 287 ming t 2003. Bulardan tashqari, Bangladesh, Vyetnam, Myanma, Filippin, Braziliya, Pokiston, Kambodja, Yaponiya, AQSH, Koreya mamlakatlarida, Ukraina janubida, Shim. Kavkaz, Quyi Volga, Qirgiziston va Qozogistonda ham Sh. yetishtiriladi.

shahrining ildizi popuk ildiz, uzun 1m gacha. Poyasi poxolpoya, 50 sm dan 3–5 m gacha. Asosan, 3 - 5, siyrak ekilganda va kop oziqlantirilganda 30 va undan ortiq poya chiqaradi. Yotib qolmaydigan navlarining poyasi mustahkam. Bargi yashil, qizgish yoki binafsha rang, topguli shingil, boyi 10 - 30 sm, ozidan changlanadi. Bir gulli boshoqchalari 2tartib shoxchalarida joylashgan. Mevasi post pardali don; doni uzun ensiz hind Sh.si yoki dumaloq enli yapon Sh.si; sindirilganda oq, shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon. 1000 ta doni ogirligi 26 - 45 g. Har xil tur va navlarni uzoq asrlar davomida qaytaqayta chatishtirish natijasida har bir mamlakatning tuproqiqdim sharoitiga mos Sh. navlari va shakllari paydo bolgan.

SH. bahori issiqsevar va yorugsevar qisqa kun osimligi, urugi tuproq harorati 10 - 12° bolganda unib chiqadi, 22 - 27° da yaxshi osib rivojlanadi. Vegetatsiya davri 120 - 130 Ozbekistonda 100 - 145 kun, Sh. sugorib ostiriladi sugorish normasi 16 - 24 ming m³/ga. Tuplanish, naychalanish davrida 5 - 25 sm qalinlikda suv bostiriladi. Mum pishiqlik davrida suvchiqarib tashlanadi. Sh. qora, kashtan, botqoq tuproqlarda yaxshi osadi.

Jahondagi kopgina asosan, Osiyo mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini va aholining asosiy oziqovqati 2004 yil BMT tomonidan "Sholi yili" deb elon qilindi. Ozbekistonda tantana, toybayramlarda guruchdan tayyorlanadigan palov zaruriy taom hisoblanadi. Doni guruchi oq, qizil, qora rangda, toyimli, tarkibida 76.1% kraxmal, 17 - 24% amilaza, 2.6% oqsil, 3.9% qand, 1.8% dekstrin, 1 - 1.5% yog, 1.4% kul va 0.2% kletchatka, V, V2, RR vitaminlari bor. Donidan guruch, kraxmal, moy murtagidan, spirt, pivo, turli ovqatlar tayyorlanadi; kopchilik xalqlarda non ornini bosadi. Poxolidan sifatli qogoz, karton, arqon, toqilgan buyumlar, savat, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi. Terti kepagi mollarga beriladi.

SH. sugorish va almashlab ekish tizimida ostiriladi. Ozbekistonda Sh. shorlanmagan yoki turli darajada shorlangan yerlarga bahorda, aprelning 2-yarmida ekiladi bazi mamlakatlarda niholi kochat qilib yetishtiriladi. Ozbekiston sharoitida Sh. ekiladigan maydonlarga gektariga 120–180 kg 14, 120–150 kg R205, 100–150 kg K20 solinadi, suv bir meyorda ushlab turiladi, keyinchalik 10 sm gacha kotariladi, Sh. sargayib pishishiga yaqin suv berish toxtatiladi. Pishgan Sh. yoppasiga kombaynlar bilan oribyigib olinadi.

Navlari: shahrining 10 mingdan ortiq navi bor. Ozbekistonda ilmiy asosda Sh. navlari yaratish 1930-yillardan boshlandi. 90-yillardan Ozbekiston sholikorlik intida chiqarilgan ertapishar, serhosil potensial hosildorligi 60 - 95 s/ga, sifatli guruch olinadigan Avangard, UzROS 713, Nukus 2, Lazurnmy, Alanga, Istiqbol, Istiqlol, Tolmas, Arpa sholi "devzira", Sanam va boshqalar 14 dan ortiq navlari ekiladi.

Ozbekiston Sholikorlik institutida sholikorlikni rivojlantirish, yangi navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish, Sh. yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish boyicha yirik ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi.

Zararkunandalari: sholi pashshksi, sholipoya uzunburuni, qirgoq chivini va boshqalarKasalliklari: pirikulyarioz, ildiz chirishi, gelmintosporioz, nematoda kasalliklari, fuzarioz va boshqalar== Adabiyot ==

  • Sholikorlik, T., 1967; Zaurov D.E., Sborshikova M.P., Risovodstvo, T., 1989; Umarov Z.U., Zaurov D.E., Kultura risa s peresadkoy, T., 1989.

Giyos Rahimov.