ⓘ Shreder ertagisi - xoraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutida erkin ..

                                     

ⓘ Shreder ertagisi

Shreder ertagisi - xoraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutida erkin changlangan duragay uruglardan olingan nihollardan tanlab chiqarilgan. Akad. R.R. Shreder sharafiga uning nomi bilan atalgan. Tupi kuchli osadi. Guli ikki jinsli. Uzum boshlari yirik, keng konussimon, ortacha tigiz. Gujumlari yirik ovalsimon, bazan uchi yogonlashgan, toq qizil, uchi binafsharang, eti tigiz, karsillaydi, mayin, xushboy, mazali. Tarkibida qand miqdori 18-19%, nordonligi 6 - 8%. iyul boshlarida pishib yetiladi. Hosildorligi 120 - 150 s/ga. Ozbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.