ⓘ Shrift - matbaada - harf terish mashinalarida matnlar terish uchun moljallangan bosmaxona literlari. Vazifasiga kora, matnlarni terish; muqovalar, titul varaqla ..

Garnitura

Garnitura, toplam - muayyan maqsad uchun moljallangan narsalar yigiidisi: 1) mebel G.si - vazifasi jihatidan umumiy bir maqsadga qaratilgan mebellar majmui; 2) kiyim-kechak G.si - ayollarning ichki yoki ustki kiyimlari toplami; 3) shrift G.si - bosmaxonada harf terish uchun zarur materiallar, bunday G. shrifti olchamlari har xil bolishi mumkin, lekin qiyofasi bir xil bolishi kerak.

                                     

ⓘ Shrift

Shrift - matbaada - harf terish mashinalarida matnlar terish uchun moljallangan bosmaxona literlari. Vazifasiga kora, matnlarni terish; muqovalar, titul varaqlari, sarlavhalarni terish va kichik bosmaxona formalari matnlarini terish uchun moljallangan Sh.larga bolinadi. Bosmaxona Sh.lari yozilish shakliga, yani qiyaligiga qarab, togri, kursiv, qiya; normal, ensiz, enli; oddiy, yarim qora, qora Sh.larga bolinadi. Yozilish shakli bir xil bolgan Sh.lar turli kegldat Sh.larga bolinadi; kegli va yozilish shakli turlicha, lekin yozilishi bir xil bolgan Sh.lar shrift garniturasi deb ataluvchi bitta guruhga birlashadi. Garnitura jurnal uchun moljallangan, darsliklarga moljallangan va boshqalar xillarga bolinadi. Bulardan tashqari, chizmachilik Sh.lari ham bor. Ular qolda yozilib, chizmaga qoshimcha tushuntirishlar berish, texnik hujjatlarni toldirish va boshqalarda qollaniladi. Bosmaxona Sh.lari standartlashtirib qoyiladi. Ozbekistonda Sh.lar 6 guruh qilib standartlashtirilgan.

                                     

Kegl

Kegl - matbaada - shrift olchami. Harf balandligi va yelkachalar ni oz ichiga oladi. Punktlarda olchanadi. K.lar olchamiga qarab turli nomlar bilan ataladi: brilliant, diamant, perl, nonparel, minon, petit, borges, korpus, sitsero, mittel, tersiya, tekst.