ⓘ Shorchi tumani - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Oltinsoy, Denov, janubiy va garbdan Qumqorgon, sharqdan Uzun tu ..

                                     

ⓘ Shorchi tumani

Shorchi tumani - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Oltinsoy, Denov, janubiy va garbdan Qumqorgon, sharqdan Uzun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.85 ming km². Aholisi 152.3 ming kishi. Tumanda 1 shahar, 1 shaharcha, 10 qishloq fuqarolari yigini bor. Tuman markazi - Shorchi shahri. Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 179.2 kishi.

                                     

1. Tabiati

Relyefi, asosan, tekislik va adirlardan iborat. Ortacha bal 400-700 m. Tuman hududi ortasidan Surxondaryo oqib otadi tuman hududidagi uz. 25 km. Daryo qayirida mavjud bolgan Oqtumshuq, Shaldiroq kabi toqaylar quritilib, dehqonchilik uchun ozlashtirildi. Tumanning jan.garbida Janubiy Surxon, shim.sharqida Degrez suv omborlari qurilgan. Shorchi tumani hududida suvsiz quruq soy kop. Bahorda Bobotogdan mavsumiy oqimga ega bolgan Fayzova, Xojakulsin, Argamchi soylari oqib tushadi. Boysun toglaridan oqib tushadigan Halqajar daryosi kichik sharsharalar hosil kilgan. Bobotogning adir va tog zonasida neft, gaz va fosforit konlari topilgan. Iqlimi quruq, tipik subtropik iklim. Yillik ortacha tra 15°, yanvarniki 2.6°. Eng past tra - 25°. Iyulning ortacha temperaturasi 29°, eng yuqori tra 46°. Yiliga 240-260 mm yogin tushadi. Vegetatsiya davri 230 kun. Bazan kuchli shamollar esadi. Tuprogi otloqi va boz tuproq. Yovvoyi osimliklardan shuvoq, shora, yantoq, pista, tog rayhoni, dolana, rovoch, alqor va boshqalar osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, tulki, jayran, kalamush, qoshoyoq, yumronqoziq, korsichqon, jayra; toqaylarda toqay mushugi, qobon, chiyabori; qushlardan: mayna, sofitorgay, kaklik, korshapalak, goz, ordak, turna; sudraluvchilardan oqilon, gekkon, kozoynakli ilon va boshqalar bor.

                                     

2. Iqtisodiyoti

Tumanda "Don mahsulotlar", "Shorchipaxta" aksiyadorlik jamiyatlari, bosmaxona, aholiga maishiy xizmat korsatish uyushmasi, "Shorchimebel" kompaniyasi, MTP, pillakashlik f-kasi, 2 ta non yopish korxonasi, "Istiqlol" poyabzal ishlab chiqarish korxonasi va boshqalar faoliyat korsatadi. Yirik elevator va 2 ta un tegirmoni ishlab turibdi. Qishloq xojaligi kompleks rivojlangan, asosan, paxta, galla, shuningdek, meva va uzum yetishtiriladi. Sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilik ham rivojlangan. Yemxashak ekinlari ekiladi.

Tumanda 9 shirkat, 600 ga yaqin fermer xojaligi, 5 ta fermerlar uyushmasi mavjud. Shorchi tumanidagi jamoa va shaxsiy xojaliklarida qoramol, qoy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Shorchi tumani hududidan otgan t.y. uzunligi 28 km. 58 umumiy talim maktabi 43 mingdan ziyod oquvchi, bolalar musiqa maktabi, qishloq xojaligi, kommunal xizmat korsatish, tibbiyot kasb-hunar kollejlari, 2 ta maxsus maktab internati, ixtisoslashtirilgan internatmaktabi mavjud. 7 qishloq madaniyat uyi, 5 qishloq klubi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, shahar kutubxonasi, kozi ojizlar kutubxonasi aholiga xizmat korsatadi. 290 oringa moljallangan 4 ta kasalxona shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 8 qishloq vrachlik punkti, 24 ta dorixona, 3 ta poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalarda 263 vrach, 1100 ga yaqin orta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman xududida Dalvarzintepa xarobalari joylashgan. Shorchi tumani hududi orqali Moskva - Dushanba poyezdi otadi.

Shorchidan Termiz, Qarluq, Boysun, Denov, Sherobod, Qumqorgon, Kofrun yonalishlarida avtobuslar qatnaydi. Termiz - Regar yonalishidagi avtobus ham tuman hududidan otadi. Tuman "Shorchi hayoti" gazeta 1936 yildan chop etiladi adadi 1710.