ⓘ Ebonit, qattiq rezina - tabiiy yoki suniy kauchukni oltingugurt bilan vulkanizatsiyalashdan hosil bolgan mahsulot. E.da boglangan oltingugurt 32% ga yaqin, form ..

                                     

ⓘ Ebonit

Ebonit, qattiq rezina - tabiiy yoki suniy kauchukni oltingugurt bilan vulkanizatsiyalashdan hosil bolgan mahsulot. E.da boglangan oltingugurt 32% ga yaqin, formulasi 2. E. qongir yoki qora tusli; zichligi 1140 kg/m3, mexanik ishlovga oson beriladi, gigroskopik emas, gazlarni singdirmaydi, kislota va ishqorlar tasiriga chidamli, uglerod sulfid va neft mahsulotlarida erimaydi, parafinda 300° dan yuqori trada eriydi. 70 - 80° da yumshaydi, soviganda yana qattiqlashadi, 200° dan yuqori trada erimay komirga aylanadi.

E. tayyorlash uchun nihoyatda toza kauchuk ishlatiladi. Toldirgich sifatida E. kukuni, talk, pemza, oq qurum va boshqalar ishlatiladi. Qora tusli E.ga oz miqdorda 3 - 5% qurum qoshiladi. E., asosan, elektrotexnika mahsulotlari, kislota va ishqorlar uchun idishlar tayyorlashda qollanadi.