ⓘ Evkommiya - evkommiyadoshlar oilasiga mansub barg tokadigan ikki uyli daraxtlar turkumi. Xitoy, Vyetnam, Garbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlar, Shim. Afrika, AQS ..

                                     

ⓘ Evkommiya

Evkommiya - evkommiyadoshlar oilasiga mansub barg tokadigan ikki uyli daraxtlar turkumi. Xitoy, Vyetnam, Garbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlar, Shim. Afrika, AQShda, Orta Osiyo va Zakavkazyeda ostiriladi. E.ning qayragochsimon turi Xitoyda osadi. Boyi 15 - 20 m, barglari oddiy, tuxumsimon yoki ellipssimon, ketmaket joylashgan, yonbargchasiz. Gullari mayda, ikki jinsli. Mevasi choziq qanotchali yongoqcha, sovuqqa chidamli. E.ning yogoch va urugidan tashqari hamma qismida guttaperchash sut naychalari boladi. Bargida 2 - 4%, tana va shoxlari postlogida 5 - 6%, iddiz postlogida 9 - 12% guttapercha bor. E. guttaperchasi juda sifatli. Uning 74% ini gutta, 20% ini smola tashkil qiladi. E. postlogining qaynatmasi, damlamasi va ekstrakti gipertoniya kasalligini davolashda qollaniladi. Urugidan, ildiz bachkisi va parxish qilib, shuningdek yashil qalamchalaridan kopaytiriladi.