ⓘ Egar - 1 otulov ustiga uriladigan va minib otirish hamda yuk tashish uchun moslashtirilgan qulay abzal. Odamlar hayvonlarni qolga orgatib, minib yuradigan davr ..

                                     

ⓘ Egar

Egar - 1) otulov ustiga uriladigan va minib otirish hamda yuk tashish uchun moslashtirilgan qulay abzal. Odamlar hayvonlarni qolga orgatib, minib yuradigan davr dan malum. E.ning kundalik minib yurish, sport, harbiy, mashq yoki poyga uchun moljallangan turlari farqlanadi. Bundan tashqari, har bir xalq oz yashash shartsharoitidan kelib chiqib oziga xos E. turlarini yaratgan, mas, ozbek, qirgiz, qozoq, turkman, rus va boshqalar xalqlar ishlatadigan E.lar, asosan, tuzilishi va bezagi bilan bir-biridan bir oz farq qiladi, lekin umumiy tuzilishi bir-biriga oxshaydi. Ozbekistonda ham egarchilik qadimdan rivojlangan. Shuning uchun E.ning tuzilishiga xos atamalar paydo bolgan: suyanchiq, orindiq, doga, qopqoq, qanot, terlik, ayl, uzangi va uzangibog va boshqalar Yuk tashishga moljallangan E.larda yukni mahkam boglash moslamalari ham boladi. E. pishiq yogoch dan yasaladi, sadaf, suyak, temir va tasmalar bilan bezatiladi. Otulovni minganda E. ustiga yumshoq toshama tashlab olinadi. E.ningorindigi taglik va charm qoplangan yostiqdan iborat. E.ning ikki tomoniga osiltirib yopiladigan qismi "tebengi" deb ataladi va uzangi bandining oyoqni sidirishidan saqlab turadi. E. qoshimcha moslamalari bilan birga E.jabduq deb ataladi.

E jabduq bilan shugullanish kasbi egarchilik deb ataladi. Egarchilik hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri. U asosan yirik shaharlarda rivojlangan. Milodiy 5-asrdan boshlab E. hunar darajasiga kotarilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Ozbekistonda ham egarchilik qadimiy hunarmandchilik kasbi hisoblanadi. Egarjabduq oddiy kustar usulda maxsus dokonlarda yasalgan. Ustalar, asosan, tesha, bolta, randa, arra, iskana va b;asbobqurollardan foydalanishgan. Ozbekistonda otulovning ahamiyati hozir ham kattaligi tufayli egarchilik hunarmandchilikning bir sohasi hisoblanadi. Egarchilik bilan Ozbekistonning barcha viloyatlarida shugullaniladi, lekin Buxoro, Samarqand viloyatlari va Fargona vodiysida kengroq tarqalgan. Ayrim ustalar egarchilikni sanat darajasiga kotargan. E. ustiga charm qoplash, bezaklariga suyaklar qadash rasm bolgan. E. ustiga tashlab olinadigan xaltaxurjun charmdan tikilib, mis sim va xalqalar bilan bezatiladi; 2) turli mashinalar ning haydovchi otiradigan joyi orindiq.