ⓘ Egey madaniyati, Kritmiken madaniyati - Kiklad, Krit o., Yunonistonning materik qismi va Kichik Osiyo dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi. Uning asosiy mar ..

                                     

ⓘ Egey madaniyati

Egey madaniyati, Kritmiken madaniyati - Kiklad, Krit o., Yunonistonning materik qismi va Kichik Osiyo dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi. Uning asosiy markazlari Miken va Krit dagi qazishmalar natijasida ochilgan. Bir qancha lokal arxeologik madaniyatlarga ajratilgan: Kritdagi madaniyat, orolning afsonaviy podshosi Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb atalgan; Yunoniston materik qismining turli qismidagi madaniyatlar - fessaliya, makedon, ellada madaniyatlari; Kichik Osiyodagi - garbiy anadolu madaniyati; Kikladdagi - kiklad madaniyati deb nom olgan. Egey madaniyati 3 davrga bolinadi: ilk, orta, songgi. Garbiy Anadolu va Orta Yunoniston madaniyatlari mahalliy neolit davri madaniyati, Egey dengizi sharkiy qismidagi orollar madaniyati asosida vujudga kelgan va Troya madaniyati tasirida taraqkiy etganlar. Egey madaniyati notekis rivojlangan. Uning markazlari turli davrda yuksalish va tanazzul davrini kechirgan.

Ingliz arxeologi A. Evans Egey madaniyati boyicha tadqiqot ishlari olib borib, kop jildli ilmiy asarlar yaratgan. Egey madaniyati ga oid piktografik yozuvlarni organgan.

Egey madaniyatiga oid obidalar mahalliy aholining Misr va Odd Osiyo bilan yaqin aloqada bolganini korsatadi Misr va Suriyada Egey sanati yodgorliklari, Krit o.da esa Misr va Old Osiyo sanati namunalari topilgan. Krit sanati oziga xosligi bilan ajralib turadi. Egey madaniyatining muhim markazlaridan biri Knos shahridagi Hukmdorlar saroyi taxminan miloddan avvalgi 2000 yildan song qoldiqlari saqlangan. Saroy murakkab tarhli 16 ming m2ga yaqin maydonini egallagan, kop marta qayta qurilgan, 3 qavatli bolib, xonalar ustunli, tor hovlili, yuqori qavatlarga zinapoyalardan chiqilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmiga mansub kichik saroy, podsho villasi, karvonsaroy, 2 - 3 qavatli turar joylar qazib organilgan. Knos, AgiaTriadada mineral boyoq bilan ishlangan freska qoldiqlari topilgan, ularda akrobatika oyinlari, suhbatlashayotgan ayollar, hayvon, osimliklar aks ettirilgan. Ayniqsa, Krit vaza rassomligi diqqatga sazovor. Suyak haykalchalar kop ishlangan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik va 2-ming yillikning boshlarida Kikladda marmar ayol haykalchalari ishlash, sopol idishlar sanati rivojlangan. Tirinf akropoli - mustahkamlangan tepalik miloddan avvalgi 2-ming yillikning ortalarida bino qoldiqlari saqlangan; bu bino qadimiy yunon ibodatxonalariga namuna bolgani korinadi. Devoriy rasmlarda jang lavhalari aks ettirilgan. Mikenda relyef bilan bezatilgan "Sherdor darvoza", usti tuproq bilan gumbazsimon qilib yopilgan maqbara saqlangan. Maqbaralardan topilgan oltin va kumush bezak buyumlari zargarlik rivojlanganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirlarida doriy qabilalari hujumi oqibatida Egey madaniyati markazlari vayron qilingan. Egey sanati yunon sanatiga samarali tasir korsatgan.