ⓘ Egilish - tashqi kuchlar tasirida yoki temperatura ozgarishi tufayli materiallar yoki buyumlar ning oqi yoki orta sirti egrilanishi; deformatsiya turi. Material ..

                                     

ⓘ Egilish

Egilish - tashqi kuchlar tasirida yoki temperatura ozgarishi tufayli materiallar yoki buyumlar ning oqi yoki orta sirti egrilanishi; deformatsiya turi. Materiallar qarshiligi fani nuqgai nazaridan binokorliqda tosin va plitalar, mashinasozlikda val va shesternya tishlari, temir yol vagonlarining oqlari ham balka deb qaraladi. Balkalar tashqi kuchlar tasirida egiladi. Agar tashqi quchlar balkaning simmetriya tekisliklari boyicha tasir etsa, oddiy yoki tekis E.deb, kuchlar boshqa tekisliklar boyicha yonalsa, murakkab E. deb ataladi. Balka egilganida choziluvchi qatlam tolalari ozgarishsiz qoladi. Binobarin, neytral qatlamdan pastda chozilish, yuqorida siqilish kuchlanishlari vujudga keladi; neytral qatlamning ozida quchlanishlar nolga teng boladi. Rasmdan korinib turibdiki, normal kuchlanishlar o ning qiymati neytral oqda nolga teng bolib, undan uzoqlashgan sari orta boradi. Demak normal kuchlanishlarning eng katta qiymatlari balka kondalang kesimining neytral oqsan eng uzoqda joylashgan tolalarida hosil boladi. Qoshtavr shaklidagi kesimlar shu sababdan kelib chiqqan.

Murakkab E.ning xususiy holi hisoblangan qiyshiq E. ham mavjud. Egiladigan element mas, balka ning kondalang kesimidagi tasir etuvchi kuchlarga qarab, sof faqat eguvchi momentlar bolganda va kondalang kuchlar ham bolganda Elar farqlanadi. Muhandislik hisoblarida boylamakondalang E.lar ham hisobga olinadi.