ⓘ Egov - qattiq buyumlar sirtidan yupqa qatlamda qirindi olish, tekislash, silliqlash uchun moljallangan kop tishli chilangarlik quroli; ish sirtlari ga kesuvchi ..

                                     

ⓘ Egov

Egov - qattiq buyumlar sirtidan yupqa qatlamda qirindi olish, tekislash, silliqlash uchun moljallangan kop tishli chilangarlik quroli; ish sirtlari ga kesuvchi tishlar kertilgan asbob. Dastlabki E.lar temir davrida paydo bolgan. Mustahkam polatdan yasaladi. E. ish qismi va quyruq qismidan iborat. Quyruq qismiga dasta ornatiladi. Vazifasiga qarab, umumiy ishlarga moljallangan, maxsus mashina E.lari va boshqalar turlarga bolinadi.

Umumiy ishlarga moljallangan E.larning otkir uchli yassi, tomtoq uchli yassi, kvadrat, uchburchak, dumaloq, yarim dumaloq, rombsimon, arrasimon xillari bor. Maxsus ishlarga moljallangan E.larga novsimon, ovalsimon E.lar kiradi. Mashina E.lari egovlash stanoklari va mashinalarida ishlatiladi. Bularga bor, disk, sterjenli, plastinkasimon E.lar kiradi. Ulardan aylanma yoki ilgarilamaqaytma harakatlanuvchi stanoklarga ornatilib foydalaniladi. Tishlari soniga qarab, dagal, mayda tishli va mayin E.lar farqpanadi. Dagal 1 sm da 4.5 - 12 ta, mayda tishli 13 - 26, mayin 42 - 80 E.lar boladi. Dagal E.lar buyumlarga dastlabki ishlov berish uchun moljallangan. Bunday E.lar bilan sirtlarga 0.1 - 0.2 mm aniqlikkacha ishlov beriladi. Mayda tishli E. toza ishlov berish uchun moljallangan. Bunday E.lar bilan 0.02 - 0.05 mm aniqdikkacha ishlov beriladi. Mayin E.lar buyumlarni pardozlash va olchamiga yetkazish uchun ishlatiladi. Ular bilan sirtlarga 0.001 mm aniqpikkacha ishlov berish mumkin.