ⓘ Eduard - ingliz qirollari nomi:Eduard I 1272 yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Otasi qirol Genrix III vafotidan song taxtga chiqqan. E.1 davrida parlame ..

                                     

ⓘ Eduard

Eduard - ingliz qirollari nomi:Eduard I 1272 yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Otasi qirol Genrix III vafotidan song taxtga chiqqan. E.1 davrida parlamentni muntazam chaqirib turish amaliyoti joriy qilingan, bu Angliyada tabaqaviyvakillik monarxiyasi shakllanayotganidan darak bergan. E.1 davrida Uels zorlik bilan Angliyaga qoshib olingan. E.1 ning Shotlandiyani bosib olish uchun qilgan harakatlari shotland xalqining qattiq qarshiligiga duch kelgan. E.1 Shotlandiyaga navbatdagi yurishi chogida vafot etgan.

Eduard III 1312.13.11-1377.21.6 - 1327 yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Dastlabki yillarda barcha hokimiyat beva qirolicha Izabella va uning jazmani Mortimer qolida bolgan. 1330 yildan mustaqil hukmron. 1337 yil Fransiyaga urush elon qilgan qarang Yuz yillik urush.

Eduard IV 1442.28.1-483.9.4 1461 - 83 yillarda qirol 1470 yil oktyabr - 1471 yil apreldan tashqari. Yorklar sulolasining 1-vakili. Qizil va Oq gullar urushi jarayonida Genrix VI Lankasterni taxtdan agdarib hokimiyatni egallab olgan. Qirolligining dastlabki davrida davlat ishlarida graf Uorvikning roli katta bolgan. Biroq E.IVning mulkdor zodagonlar mavqeini pasaytirishga bolgan harakati natijasida Uorvik va boshqalar lankasterlar tomoniga otib ketgan. 1470 yil oktyabrda E.IV taxtdan tushirilgan. 1471 yil aprelda Barnet va may oyida Tyuksberi yonida lankasterlar qoshinini yengib taxtni qayta egallagan. E.IV siyosatida, asosan, orta dvoryanlarga tayangan. yirik mulkdorlarning yerlarini musodara qilgan. Ingliz sanoati asosan. jun toqish va savdoni qollab-quvvatlash siyosatini yurgizgan.

Eduard VI 1537.12.10-1553.6.7 - 1547 yildan qirol. Tyudorlar sulolasidan. Genrix VIII va uning 3xotini Jeyn Seymurning ogli. Taxtga 9 yoshida otirgan. Bolaligi tufayli davlat ishlariga mutlaqo aralashmagan, asosan, ilohiyot va qadimiy tillarni organish bilan shugullangan. Davlatni boshqarish protektorlar vasiylar - E.VI ning togasi gersog Somerset, songra 1549 yildan - graf Uorvik qolida bolgan.

Eduard VII 1841.9.11-1910.5.51901 - 10 yillarda qirol. Onasi qirolicha Viktoriya vafotidan song taxtga otirgan. Antantani tuzishda faol qatnashgan. Ichki siyosatda sezilarli rol oynamagan.

Eduard VIII 1894.16.7-1972.28.51936 yil 20 yanvar - 11 dek.da qirol. Otasi qirol Georg V vafotidan keyin taxtga chiqqan. Bir necha oydan song taxtdan voz kechgan. E.VIII ning taxtdan voz kechishi bilan bogliq "saroy krizisi" Buyuk Britaniya hukmdor doiralari orasidagi ziddiyatlarni aks ettirgan. 1936 yil 12 dek.da Vindzor gersogi unvonini olgan. 1940 - 45 yillarda Bagama o.lari general-gubernatori. Hayotining songgi davrini Fransiyada otkazgan.