ⓘ Ekinlarni ekish - hosil olish uchun osimlik urugini tuproqning yuqori qatlamiga joylash; asosiy afotexnika tadbirlaridan biri. Ekinlarni ekish usullari ekinlarn ..

                                     

ⓘ Ekinlarni ekish

Ekinlarni ekish - hosil olish uchun osimlik urugini tuproqning yuqori qatlamiga joylash; asosiy afotexnika tadbirlaridan biri. Ekinlarni ekish usullari ekinlarning oziqlanish maydoniga, yoruglik va namga bolgan talabini, ekin parvarishini, birinchi navbatda, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlashni hisobga olgan holda tanlanadi. Sochib ekish - eng oddiy usul; bunda qol bilan sepilgan urug tuproq ustiga tushib, borona yoki mola yordamida turli chuqurlikka joylanadi. Qatorlab ekish - asosan, donli ekinlar yetishtirishda qollaniladi. Qatorlab ekuvchi seyalka urugni egat tubiga tashlab, yumshoq tuproq bilan komib ketadi, urug bir tekis unib chiqadi. Tor qatorlab ekish - donli ekinlar, beda, zigir va boshqalar osimliklarni ekishda qatorlab ekishga nisbatan koproq qollaniladi. Bunda uruglar maydonda bir meyorda joylashadi. Keng qatorlab ekish - chopiq qilinadigan ekinlar ni ekishda qollaniladi. Lenta shaklida ekishda lentalar orasidagi keng qatorlar tor qatorlar bilan almashinadi. Uyalab ekishda har bir uyaga bir necha dona urug tashlanadi. Nuqtalab ekish usulida urug donalab bir-biridan malum oraliqda ekiladi. Qattiq sovuq va qor kam boladigan mintaqalarda kuzgi ekinlar uchun egatga ekish usuli qollaniladi; urug egat tubiga ekiladi, egatga toplangan qor unib chiqqan nihollarni muzlashdan saqlaydi. Ekinlarni ekish asosan. seyalkalar, bazan samolyotlar bilan amalga oshiriladi.

Osimlik tupini, kochatini yetishtirib, songra asosiy joyga ekish kochatlab ekish usuliga kiradi.

Ekinlarni ekish muddatiga qarab bahorgi bahori ekinlar, kuzgi ekinlar, yozgi ikkinchi hosil olish uchun, kech kuzgi uruglarni barvaqt undirib olish uchunga bolinadi.

Har bir osimlik uchun ekishning optimal vaqti mavjud. Orta Osiyoda bahori bugdoy, arpa, zigir, qand lavlagi, beda, kungaboqar erta bahorgi ekinlarga kiradi. Kechki bahorgi ekinlarni ekish muddati tuproq va havo haroratiga qarab belgilanadi. Kuzgi ekinlar kuzgi bugdoy, beda va boshqalar Ozbekiston sharoitida oktyabr oxiri - noyabr boshlarida ekiladi. Sovuq tushgunga qadar ekilgan ekinlar malum darajada rivojlanib, mustahkamlanib oladi.

Uruglarni ekish chuqurligi osimliklarning biologik xususiyati, tuproqning mexanik tarkibiga bogliq. Uruglar qancha yirik bolsa, shuncha chuqurroq ekiladi. Mexanik tarkibi ogir tuproqlarga yengil, qumoq va qumoq tuproqlarga nisbatan uruglar yuzaroq ekiladi. Ekishda tuproq namligi ham hisobga olinadi urug tuproqning quruq qatlamida joylashib qolmasligi kerak. Bazan uruglarni qushlardan, kuchli shamoldan saqlash maqsadida ekish chuqurligi kopaytiriladi.

Uruglik ekish meyori joyning tuproq - iqlim sharoiti, ekinning xojalik ahamiyati, osimlikning oziqlanish maydoniga bolgan talabi, ekish vaqti, usullari va boshqalar asosida belgilanadi.

Urugni ekishga tayyorlashda ularning sifati, tozaligi, unuvchanligi tekshiriladi. Har bir xojalikda ekish agregatlari, ishning vaqti va qay tartibda bajarilishini korsatuvchi reja tuziladi. Ekish sifatini baholashda uning vaqtida amalga oshirilishi, urugning bir xil chuqurlikda ekilishi, uruglik ekish meyori, qatorlar va togriligi tekshiriladi yana q. Uruglik, Urugchilik.

Bahodir Normatov.