ⓘ Ekklesiya - Yunonistonda xalq majlisining eng kop tarqalgan nomi. Demokratik polislarda E. - qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatiga ega bolgan davlatning ..

                                     

ⓘ Ekklesiya

Ekklesiya - Yunonistonda xalq majlisining eng kop tarqalgan nomi. Demokratik polislarda E. - qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatiga ega bolgan davlatning oliy organi; mansabdorlarni saylab ularni doimo nazorat ostiga olgan E. tarkibi mulkiy senz belgilari orqali fuqarolar orasidan tanlab olingan. Odatda, E. oz vazifasini bule - E. muhokamasi uchun oldindan savollar tayyorlab qoyadigan kengash bilan amalga oshirgan. Bir qator yunon polislarida xalq majlislari maxsus nomlar bilan atalgan: Spartada - apella, Delfa va Fessaliya shahrilarida - agora, Argos, Epidavr, Gel, Akragantda - aliya. Songgi davr antik yozuvchilari asarlarida xalq majlislari otkaziladigan joy ham E. deb atalgan. Xristianlikda E. deb dindorlar jamoasi, bazan butun cherkov tushunilgan.