ⓘ Eklampsiya - homiladorlik toksikozlarining xavfli shakli. Birinchi marta boyida bolgan, aksari egiz homiladorlik yoki buyrak, yuraktomir kasalliklari bor ayolla ..

                                     

ⓘ Eklampsiya

Eklampsiya - homiladorlik toksikozlarining xavfli shakli. Birinchi marta boyida bolgan, aksari egiz homiladorlik yoki buyrak, yuraktomir kasalliklari bor ayollarda homiladorlikning ikkinchi yarmida, kopincha songgi oylarida vujudga keladi. E.ning asosiy belgisi tutqanoq tutishidir. E.dan avval nefropatiya va preeklampsiya alomatlari namoyon boladi. E.da tutqanoq tutadi, bemor hushdan ketadi. E. homiladorlikda, asosan, tugruq vaqtida, bazan chilla davrit ham uchraydi. Tutqanoq boshlanganda dastlab bemorning yuz muskullari "uchadi", qovokdari yumilib, lab burchaklari osilib ketadi. Song butun gavda muskullari qisqarib, tana taranglashadi, bemor hushdan ketib, bazan nafas olmay qoladi, kokaradi. Keyin yuz, tana va qoloyoq muskullari tortishib qisqaradi, bemor nafasi qisib xirillaydi, ogzidan kopik keladi, yotgan joyida ozini kotaribkotarib otadi. Tirishish toxtagach, ayol bir necha vaqt koma holatida yotib, sekin-asta oziga keladi. Ogirroq hollarda E. tutqanoqsiz kechadi. Bazan E. alomatlari royrost kozga tashlanmaydi, ularni vaqtida aniqlash ancha qiyin. Shu sababli u goyo bexosdan paydo bolgandek boladi. Tutqanoq tutganda bemorning biror joyiga shikast yetib qolmaslik chorasini korish lozim; u tilini tishlab olmasligi uchun ogziga bandiga doka oralgan qoshiq solib qoyiladi; tutqanoq xuruji otib ketgach bemorning solagi nafas yollariga tushmasligi uchun ogzini toza salfetka bilan artib olinadi. E.da opka shishishi yoki miyaga qon quyilishi tufayli ayol, platsentaning ornidan kochishi, bachadonga qon quyilishi tufayli esa homila nobud bolishi mumkin.

Davosi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiruvchi, qon bosimini pasaytiruvchi, siydik ajralishini kuchaytiruvchi doridarmonlar, kislorod, parhez buyuriladi. Oldini olish: homiladorlikning ilk toksikozlarini oz vaqtida davolashdan iborat.

Ad.:Qodirova A., Homiladorliktoksikozlari, T., 1994.