ⓘ Eklimetr - geodeziyada - joyda chiziqlarning qiyalik burchagini olchash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. Doira shaklidagi metall quticha va uning yon tomoni ..

                                     

ⓘ Eklimetr

Eklimetr - geodeziyada - joyda chiziqlarning qiyalik burchagini olchash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. Doira shaklidagi metall quticha va uning yon tomoniga mahkamlangan prizmatik naycha 2 dan iborat. Metall quticha ichida gardishiga gradusda darajalarga bolingan halqa 3 joylashgan. Gradus darajalar noldan boshlab har ikkala tomonga raqamlar bilan belgilangan. Oz oqida erkin turgan halqa unga mahkamlangan yuk tasirida doim bir holatni, yani gardishdagi nol darajadan otuvchi diametr chizigi gorizontal holatni egallaydi. Olchashni bajarib bolib, halqa maxsus prujinalar yordamida qozgalmas holda saqlanadi. Chiziqning qiyalik burchagini olchash uchun uning bir uchida E. bilan turib, ikkinchi uchiga belgi tayoq tik ornatiladi va E.ning prizmatik naychasi tayoqsa koz balandligi boyicha belgilab qoyilgan nuqtaga qaratiladi. Quticha sirtidagi tugmacha bosilib, halqa erkin holatga keltiriladi va oynachadan halqa gardishidagi shkala boyicha sanoq olinib, qiyalik burchagining qiymati aniqlanadi. E. bilan qiyalik burchagi 0.1° aniqlikda olchanadi.