ⓘ Ekologik joy, ekomuhit - tabiatda tur yashashi mumkin bolgan barcha muhit omillari majmui. Ekologik joy tushunchasi, odatda, ekologik jihatdan yaqin va bitta tr ..

                                     

ⓘ Ekologik joy

Ekologik joy, ekomuhit - tabiatda tur yashashi mumkin bolgan barcha muhit omillari majmui. Ekologik joy tushunchasi, odatda, ekologik jihatdan yaqin va bitta trofik darajada turadigan turlar ortasidagi ozaro munosabatlarni tadqiq qilishda qollanadi. "Ekologik joy" termini amerikalik ekolog J. Grinnel tomonidan turlarning taqsimlanishini tavsif etish uchun tavsiya etilgan. Bu termin yashash joyi tushunchasiga yaqin manoni anglatadi. Keyinchalik amerikalik zoolog Ch. Elton trofik boglanishning muhim ahamiyatini korsatish uchun Ekologik joyni turning ekologik sistemadagi holati tarzida talqin qilgan. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida kopchilik tadqiqotchilar ekologik jihatdan ozaro yaqin va jamoa ichida oxshash holatni egallagan 2 turning bir xil maydonda turgun hayot kechira olmasligini aniqlashgan. Bu empirik axborot 2 turning oziq uchun raqobati matematik modeli va rus mikrobiologi G.F. Gauzening eksprimental ishlari orqali tasdiqlandi.

Ekologik joyning zamonaviy konsepsiyasi amerikalik ekolog J. Xatchinson 1957, 1965 taklif etgan model asosida shakllandi. Bu modelga binoan Ekologik joyni kop kamerali maydon giperhajm tarzida faraz qilish mumkin: bu maydonning alohida olchamlari turning normal hayot kechirishi uchun zurur bolgan omillarga mos keladi. Divergensiya orqali turlarning Ekologik joyida sodir boladigan farq ularning yashash joyi, oziq xili va bir xil yashash joyining ozidan har xil vaqtda foydalanishi bilan bogliq. Ekologik joy ning miqyosi va har xil turlar Ekologik joyini baholash metodlari ishlab chiqilgan.