ⓘ Ekologiya sohasidagi jinoyatlar - tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi jinoyatlar. Ekologiya insonni tabiat bilan boglab turadigan ij ..

                                     

ⓘ Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar - tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi jinoyatlar. Ekologiya insonni tabiat bilan boglab turadigan ijtimoiy holatdir. Bunday bogliklik, oz navbatida, gayriqonuniy xattiharakatlar orqali huquqbuzarliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu xildagi huquqbuzarliklar Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham kelib chiqishiga sabab boladi.

Ozbekistonda tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid qonunqoidalar, yuridik normalar ishlab chiqilgan. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bolishga majburdirlar" 50-modda, deb qayd etilgan. Ozbekiston Respublikasining Yer kodeksi 1998 yil 30 aprel, "Tabiatni muhofaza qilish togrisida" 1992 yil 9 dek., "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar togrisida" 2004 yil 3 dek., "Yer osti boyliklari togrisida" 2002 yil 13 dek., "Atmosfera havosini muhofaza qilish togrisida" 1996 yil 27 dek., "Suv va suvdan foydalanish togrisida" 1993 yil 6 may, "Osimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish togrisida" 1997 yil 26 dek., "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish togrisida" 1997 yil 26 dek., "Davlat yer kadastri togrisida" 1998 yil 28 avg., "Ormon togrisida" 1999 yil 15 aprelgi va boshqalar qonunlarda ekologiya sohasidagi huquqiy normalar oz ifodasini topgan. Ozbekiston Respublikasining JKda birinchi marta Ekologiya sohasidagi jinoyatlarj. alohida bobga ajratiddi 193 - 204-moddalar. Ularga quyidagilar kiradi: ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish; atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi togrisidagi malumotlarni qasddan yashirish yoki buzib korsatish; atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini kormaslik; atrof tabiiy muhitni ifloslantirish; yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish; ekinzor, ormon yoki boshqa dovdaraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish; osimliklar kasalliklari yoki zararkunandalariga qarshi qurash talablarini buzish; veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish; zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bolish qoidalarini buzish; hayvonot yoki osimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish; suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish. Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar togrisidagi ishlar boyicha sud amaliyoti hakida"gi qarori 1996 yil 20 dek.da Ekologiya sohasidagi jinoyatlarj. uchun javobgarlik togrisidagi qonunlarni qollash boyicha zarur tushuntirishlar berilgan. Tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish nafaqat milliy, balki umuminsoniy majburiyat hisoblanadi va bu tabiat komplekslari hamda ayrim obyektlarning muhofazasini taminlashga, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bolish huquqini kafolatlashga qaratilgandir.