ⓘ Ekran - 1 tasvirlar tushirish yoki hosil qilish uchun moljallangan qurilma. Mas, kino E. i, televizor E.i va boshqalar; 2 turli nurlanishlarni yutadigan, qaytar ..

                                     

ⓘ Ekran

Ekran - 1) tasvirlar tushirish yoki hosil qilish uchun moljallangan qurilma. Mas, kino E. i, televizor E.i va boshqalar; 2) turli nurlanishlarni yutadigan, qaytaradigan yoki insonni ulardan himoya qiladigan qurilma ; 3) radiotexnika va elektrotexnika qurilmalari va boshqalarni foydasiz va xalaqit beruvchi tashqi elektromagnit maydondan himoya qilish uchun moljallangan tosiq. Bunday E. elektr tokini yaxshi otkazuvchi metall dan yasaladi. Unda tashqi elektromagnit maydon ozgaruvchan tok hosil qiladi. Bu tok E.da ikkilamchi elektron maydonni vujudga keltiradi. Bu maydonning amplitudasi tashqi maydon amplitudasiga teng, fazasi esa qarama-qarshidir. Shuning uchun natijaviy elektromagnit maydonning tasiri kamayadi. Qurilmalarni bunday E.lar bilan taminlash ekranlash deb ataladi.