ⓘ 23-noyabr. Shuningdek qarang: Turkum:23-noyabr bayramlari Butunjahon Jazoni tugatish kuni. AQSHda Rad etish kuni. Yaponiyada Mehnatkashlarga minnatdorlik kuni. ..

                                     

ⓘ 23-noyabr

Shuningdek qarang: Turkum:23-noyabr bayramlari

  • Butunjahon Jazoni tugatish kuni.
  • AQSHda Rad etish kuni.
  • Yaponiyada Mehnatkashlarga minnatdorlik kuni.
  • Sloveniyada Rudolf Maister kuni
  • Litva Qurolli kuchlari kuni
  • Gruziyada Avliyo Jorj kuni.
  • Qozogistonda Yo’l harakati xavfsizligi xodimlari kuni.
                                     

1. Voqealar

Shuningdek qarang: Turkum:23-noyabr voqealari

  • 2003 - Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi.
  • 1985 - Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi.
  • 1852 - Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi.
  • 1993 - Toshkentdagi Respublika Oqituvchilar Uyi qoshida Ozbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
  • 1248 - Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi.
  • 1980 - Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6.9 magnitudali zilzilada 4.800 kishi qurbon bo’ldi.
  • 1910 - Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi.
  • 1946 - Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi.
  • 2007 - Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi.
  • 1793 - Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi.
  • 1955 - Kokos orollari Buyuk Britaniyadan Avstraliya nazoratiga o’tdi.
  • 1957 - Milanda Boris Pasternakning "Doktor Jivago" romani chop etildi.
  • 2006 - Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi.
  • 2005 - Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasidagi ilk ayol rahbariga aylandi.
  • 1174 - Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi.
  • 1924 - SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi.
  • 1943 - Qohira konferensiyasi boshlandi.
  • 2011 - Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.
  • 1940 - Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi.
  • 1996 - Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi.
  • 1831 - Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi suratda ochildi.
  • 1510 - Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi.
  • 1992 - Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi.
  • 1904 - AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
  • 1918 - Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi.
                                     

2. Tavalludlar

Shuningdek qarang: Turkum:23-noyabrda tugilganlar

  • 870 - Vizantiya imperatori Aleksandr.
  • 1976 - turkiyalik futbol hakami Junayd Chaqir.
  • 1925 - Salvador prezidenti Xose Napoleon Duarte.
  • 1705 - ingliz tarixchisi Tomas Birx.
  • 1975 - Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi Nihat Qahvachi.
  • 1962 - Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.
  • 1967 - Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev.
                                     

3. Vafot etganlar

Shuningdek qarang: Turkum:23-noyabrda vafot etganlar

  • 1842 - Xiva xoni Olloqulixon.
  • 1924 - Efiopiya prezidenti Amon Andom.
  • 1970 - Singapurning birinchi prezidenti Yusuf bin Is’hoq.
  • 1890 - Gollandiya qiroli Uilyam III.