ⓘ Ekranoplan - yer yoki suv sirtiga yaqin balandlikda uchish uchun moljallangan uchish apparati. Birinchi E.ni fin muhandisi T. Karno 1935 yilda yasagan. 20-asr 7 ..

                                     

ⓘ Ekranoplan

Ekranoplan - yer yoki suv sirtiga yaqin balandlikda uchish uchun moljallangan uchish apparati. Birinchi E.ni fin muhandisi T. Karno 1935 yilda yasagan. 20-asr 70- yillarida Finlyandiya, Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Rossiyada tajriba variantlari ishlab chiqarilgan. Aerodinamik kuch hosil qilishda tayanch sirtining yaqinligi effekti dan foydalanishi bilan samolyotdan farqlanadi. Ekran effektining mohiyati shundaki, bunda aerodinamik quvvatni oshiruvchi havo yostigi hosil boladi. E.larning deyarli barchasi suv sirtidan kotarilish va suv sirtiga qonishga moljallangan, lekin faqat quruqlikda uchadigan E.lar ham ishlab chiqarilgan. E.larning texnik korsatkichlari: massasi - 5 t gacha, 1 ta yoki 2 ta dvigatelining quvvati = 500 o.k. gacha, uchish tezligi 250 km/soat gacha. Bortiga 1 - 6 yolovchi sigadi. E. eksperimental tadqiqotlarni bajarish, razvedka va qutqarish ishlarida qollash uchun maxsus buyurtmalar boyicha ishlab chiqariladi.