ⓘ Ekskavator - tog jinslari va yerni qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki toplash uchun moljallangan qazishyuklash mashinasi. Yer qazish mashinalari ..

                                     

ⓘ Ekskavator

Ekskavator - tog jinslari va yerni qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki toplash uchun moljallangan qazishyuklash mashinasi. Yer qazish mashinalarini yaratish goyasini 16-asrda Leonardo da Vinchi Ekskavator draglayn sxemasi tarzida ilgari surdi. Ekskavator ning chizmasini birinchi marta rus muhandisi A.A. Betankur 19-asr 20- yillarida ishlab chiqqan. 1834 yilda AQSH da V. Otisom natent olgan; 1910 yilda birinchi elektr dvigatelli Ekskavator, 1912 yilda dizel yonilgisida ishlaydigan, 1920- yillarda relsda harakatlanib, tola buriladigan Ekskavator ishlab chiqarildi. Keyinchalik Ekskavator ning tuzilishi takomillashtirib borildi.

Ekskavator bir kovshli uzluksiz yoki siklli ishlaydigan va kop kovshli uzluksiz ishlaydigan xillarga bolinadi. Ekskavator ning asosiy qismlari; kovsh chomich, sharnirli quloch, kuch qurilmasi dvigatel, buriladigan korpus va yurish qismi gusenitsa, gildiraklar. Bir kovshli Ekskavator ning ish sikli kon jinsi yoki gruntni kesish yoki qazish, tolgan kovshni boshatish va kovshni zaboyga qaytarishdan iborat. Ekskavator ning quvvati, turi va ish sharoitiga qarab, ish sikli 15 - 80 sek davom etadi. Yurish qismlarining turiga kora, gusenitsali, gildirakli, odimlovchi, relsda yuradigan, suvda suzadigan, gildirakligusenitsali; kuch qurilmasining turiga kora, bir dvigatelli va kop dvigatelli; ichki yonuv dvigatelli, elektr, gidravlik, pnevmatik va aralash dvigatelli; boshqarish turiga qarab, qolda, gidravlik, pnevmatik, elektr bilan va aralash boshqariladigan; ish organining turiga kora, togri va teskari kurakli, draglaynli, greyferli va boshqa Ekskavator lar boladi. Togri kurakli E. keng tarqalgan. Bunday Ekskavator lardan foydali qazilmalarni qazib olishda, qattiq va toshloq gruntlarda zovurlar qazishda foydalaniladi. Teskari kurakli Ekskavator tor zovurlar qazishda, uncha katta bolmagan zovurlarda inshootlar qurishda qollaniladi. Draglaynli Ekskavator ozi turgan sathdan pastdagi gruntlarni qaziydi. Greyferli Ekskavator yuklash ishlarida, zovur qazish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi. Turli almashtiriladigan jihozlar bilan jihozlangan Ekskavator lar universal Ekskavator deyiladi. Gidroyuritmali, yani gidroekskavatorlar ham keng tarqalgan. Ularda turli ish organlari buriladigan platforma bilan sharnirli birikadi va yuqori 30 - 100 MPa bosimli nasoslar bilan harakatlanadi. Vazifasiga qarab, bir kovshli E., qurilishda, karyerda, tunnelda ishlatiladigan, kon ochadigan, suzib yuruvchi va boshqalar xillarga bolinadi. Tunnel vashaxta Ekskavator lari aksari yer osti ishlarida qollanadi. Bir kovshli Ekskavator lar kovshining sigimi - 160 m³gacha.

Kop kovshli Ekskavator ish jihozlarining turiga qarab, zanjirli va rotorli xillarga bolinadi. Zanjirli Ekskavator larda kovshlar 12 - 40 ta yonaltiruvchi rama galtaklari boyicha harakatlanuvchi uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Rotorli Ekskavator larda ish organi 6 - 12 ta bazan 24 gacha kovsh ornatilgan rotordan iborat. Bunda grunt tokish konveyeriga berilib 150 m gacha tashiladi. Uning kovlash balandligi 50 m gacha, chuqurligi esa 25 m gacha boladi. Rotorli Ekskavator lar koproq konlarda ishlatiladi. Harakat yonalishiga qarab, kondalangiga, boylamasiga qaziydigan va buriladigan xillarga bolinadi. Kop kovshli Ekskavator larning ish unumdorligi 15000 m³/soat gacha yetadi. Ekskavator lar Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator zavodida ham Ekskavator lar ishlab chiqarilgan 1945 - 90.