ⓘ Ekspansivlik - narsahodisalarga joshqin, tezkor javob qaytarishga yoki munosabat bildirishga shay, ehtirosli holat. Inson vujudida tolib toshgan ham biologik, h ..

                                     

ⓘ Ekspansivlik

Ekspansivlik - narsahodisalarga joshqin, tezkor javob qaytarishga yoki munosabat bildirishga shay, ehtirosli holat. Inson vujudida tolib toshgan ham biologik, ham psixologik quvvatning tashqi ifodasi. E. hissiyotiga beriluvchi odam hayajonlanib, hovliqib, yuragi takapuka bolib, eshitgan yoki korgan hodisa gafsilotini shoshilinch tanishbilishlarga yoyishga oshiqadi. E. tuygusi oz tabiati bilan begarazlikdan kelib chiqadi. Bunday hissiyotli odamlar vujudiga, qalbiga gap, xabar yoki ovoza sigmaydi, ularning konglida sir yotmaydi. E. negizida aksariyat hollarda bohton yotmasada, kopchilikda noxush taassurot qoldirishi mumkin. E.ga odatlangan bola yoki talaba oqish jarayonida materialni bilsa ham, bilmasa ham qol kotarib, tengdoshlari davrasida ozini korsatishga harakat qiladi. Kishilarning sport maydonlari, tomosha zallaridagi qiyqirishlari, ishqivozlik luqmalari E. ifodasidir. E. turli yoshda, turli jinslar ortasida turlicha namoyon boladi. Xotirjamlik bilan E.ning uygunlashishi ijobiy emotsional holatni vujudga keltiradi.