ⓘ Eksperimental psixologiya - psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqish ..

                                     

ⓘ Eksperimental psixologiya

Eksperimental psixologiya - psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar otkazish asosiy rol oynagan. 19-asrning ortalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar ozini ozi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda otkazila boshlagan. Kop tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot metodlari, metodikalari dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos bolib xizmat qiladi. Olimlardan F. Galton, D. Kettel, E. Tolmen, G.Rorshax, A. Bine, P.Jane, J. Piaje va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim ulush qoshganlar.

Ergash Goziyev. Botirov Bohodir