ⓘ Eksport krediti - eksportni ragbatlantirish vositasi sifatida oz mamlakatidan tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar sotib olishni moliyalashtirish maqsadlarida ..

                                     

ⓘ Eksport krediti

Eksport krediti - eksportni ragbatlantirish vositasi sifatida oz mamlakatidan tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar sotib olishni moliyalashtirish maqsadlarida xaridorga yoki unga xizmat korsatadigan bankka beriladigan kreditlar; firmaning Eksport krediti eksportyor nomidan taqdim etiladi, lekin bank tomonidan moliyalanmaydi. Bank Eksport krediti xorijiy xaridorlarga bevosita banklar tomonidan beriladi. Davlat Eksport kreditining xususiy banklar va xalqaro tashkilotlarning kreditlari bilan qoshilgan holda beriladigan korinishlari ham bor. Mustaqillik yillarida Ozbekistonda Kokdumaloq neftgazkondensat konini ozlashtirish, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shortan gazkimyo majmui kabi korxonalar qurilishiga AQSH, Fransiya, Yaponiya va boshqalar davlatlarning eksportimport banklari katta miqdorda Eksport kreditilari ajratgan.