ⓘ Ekspressivlik - har xil individlarda malum gen allelining fenotipik namoyon bolish darajasi. E. terminini fanga rus olimi N. V. TimofeyevResovskiy kiritgan. All ..

                                     

ⓘ Ekspressivlik

Ekspressivlik - har xil individlarda malum gen allelining fenotipik namoyon bolish darajasi. "E." terminini fanga rus olimi N. V. TimofeyevResovskiy kiritgan. Allel gen tomonidan boshqariluvchi belgida ozgaruvchanlik bolmaganida doimiy E., aks holda ozgaruvchan E. namoyon boladi. Har xil genlarning allellari turli darajadagi E. bilan tavsiflanishi mumkin. Odamlarda AVO allellari tizimi deyarli doimiy E.ka, koz rangini belgilovchi allellar ozgaruvchan E.ka misol boladi. Drozofila pashshasida koz fasetkalarining sonini kamaytiruvchi mutatsiya gomozigotali pashshalarda fasetkalar sonini 0 dan 50% gacha ozgarishini taminlaydi. Ozgaruvchan E. hodisasi genotipik muhit va tashqi muhit sharoitlarining tasirida roy beradi. Shuning uchun organizm genotipi genotip bilan yashash muhiti sharoiti tasirida fenotipik namoyon boladigan genlarning ozaro tasiri natijasida shakllanadi.