ⓘ Ekspressivlik, tilshunoslik. Ekspressivlik - til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqasozlashuv jarayonida sozlovchining nutq ma ..

                                     

ⓘ Ekspressivlik (tilshunoslik)

Ekspressivlik - til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqasozlashuv jarayonida sozlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subyektiv munosabatining ifoda vositasi bola olishini taminlaydi. E. tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soz tarkibidagi undoshlardan birining qoshaloq holda yoki biror unlining choziq talaffuz etilishi, urguning ornini ozgartirish kabilarni korsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoshimchalari ni korsatish mumkin. Leksik ekspressiv vositalarga oz haqiqiy manosidan tashqari uslubiy boyoqqa ega bolgan sozlar, undov sozlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi. Sintaktik sathda esa E. odatdagi soz tartibini ozgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soz takrorlari orqali taminlanadi. Aloqasozlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga komak beruvchi koplab paralingvistik vositalar ham qollanadi. E. bevosita inson histuygularini ifodalash bilan bogliq bolganligi uchun uni emotsionallik dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto bazi tilshunoslarning asarlarida E. va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi.

Nemat Mahkamov.