ⓘ Erituvchilar - turli moddalarni ozida erita oladigan kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmalari. Suv, spirt, kislota, ishqor, efirlar, benzol, toluol, ksil ..

                                     

ⓘ Erituvchilar

Erituvchilar - turli moddalarni ozida erita oladigan kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmalari. Suv, spirt, kislota, ishqor, efirlar, benzol, toluol, ksilol yoki ularning aralashmalari E.ga misol bola oladi. E. xossalari ga kora sinflanadi. Birinchi navbatda, E. ning kimyoviy xossalari, ayniqsa, ularning zaharli yoki zaharli emasligiga etibor beriladi. Standart erituvchi sifatida suv olinadi. Shu asnoda E.ni kislotali, ishqoriy va amfoter xossalarga bolinadi. Malumki, suv kimyoviy reaksiyalarda vodorod kationi - N* ni uzatib kislota rolida bolishi yoki bunday kationni asos sifatida biriktirib olib, N30+ ga aylanishi mumkin. Demak, suv ozida qanday modda eritilganiga qarab kislota yoki ishqor ornida bola oladi. Suvni deyarli ideal amfoter erituvchi deb qabul qilish mumkin. Suvning mana shunday universal xossalariga asoslanib, unga nisbatan ishqor rolida boluvchi E. kislotali erituvchilar, suvni E.ga nisbatan kislota deb hisoblanganda esa ishqoriy erituvchilar deyiladi. Bunday sinflashda eritmalar hosil bolishida rol oynaydigan funksional guruhlar elektronlari harakati hisobga olinadi. Shu bois elektron juftini beruvchi erigan modda molekulasi ishqoriy erituvchi sifatida belgilanadi. Anilin, piridin, dimetilsulfoksid, oddiy va murakkab efirlar donor E. vakillari hisoblanadi. Erigan moddaning elektron juftini qabul qiluvchi erituvchi kislotali yoki akseptor E. hisoblanadi. Bularga karbokislotalar, fenollar, kislotalarning xlorangidridlari kiradi. Kislotali E.ga tola almashinmagan galogen hosilali alifatik uglevodorodlar ham kiritiladi. Spirtlar va ketonlar suvsiz amfoter E. hisoblanadi. Geksan, uglerod sulfid va tetraxlormetan "inert E." qatoriga kiradi.

E.ni tanlashda ularning dielektrik otkazuvchanligi kabi fizik xossasidan foydalaniladi. Bunda E.ning past qutbliligi 2 dan 12 gacha va yuqori qutbliligi 50 dan yuqori hisobga olinadi. Suvda bu miqdor 78 ni, benzolda esa jami 2.3 ni tashkil qiladi. Tajribalar shuni korsatdiki, 2 turli zaryadlar yoki 2 dipol molekulalar suvli muhitda vakuumdagiga nisbatan deyarli 80 marta kam energiya bilan tasirlashadi. Benzolda esa tasirlashuv energiyasi 2 baravar kamayadi, xolos. Shu sababli suv yuqori qutbli E. qatoriga kiritiladi. Bu borada propilenkarbonat, gidrazin, formamid va sulfat kislota suvga yaqinroq turadi.

E.dan qadimdan foydalanib kelinadi. E.ning koplari sanoat miqyosida ishlab chiqariladi, E. ishlatilmaydigan yoki foydalanilmaydigan sohani topish qiyin. 21-asrda E.dan kimyoviy jarayonlarni boshqarishda keng foydalanila boshlandi. Erituvchining xilini va xossalarini bilgan holda ixtiyoriy reaksiyalarni amalga oshirish mumkin. E.dan foydalanib, elektroliz jarayonida alyuminiyni past tralarda ajratib olish muammosi hal qilindi. Mana shu yol bilan alyuminiyli himoya va manzarali qoplamalar ham olina boshlandi. Atseton, atsetonitril, benzol, dietilefir, dimetilatsetamid, dioksan, sirka kislota, etanol, formamid, metanol, nitrobenzol, piridin, tetraxlormetan, xloroform, etilatsetat, siklogeksan, metiletilketon, oktan, skipidar, uglerodsulfid, tetralin, tributilfosfat va boshqalar turli xil E. sanoat va xalq xojaligida muhim ahamiyatga ega.

                                     

1. Adabiyot

Entelis S.G.,Tiger R.P.,Kinetika reaksiy v jidkoy faze, M., 1973; Fialkov Yu.Ya., Rastvoritelkaksredstvo upravleniya ximicheskim protsessom, M., 1988. Qudrat Axmerov.