ⓘ Erkaqori, Karimov Erkaqori - ashulachi, askiyachi, Ozbekiston xalq hofizi. Katta ashula sanatining yirik vakillaridan; shirali, jarangdor ovoz sohibi. Bolaligid ..

                                     

ⓘ Erkaqori

Erkaqori, Karimov Erkaqori - ashulachi, askiyachi, Ozbekiston xalq hofizi. Katta ashula sanatining yirik vakillaridan; shirali, jarangdor ovoz sohibi. Bolaligida kasallik oqibatida kozi ojiz bolib qolgan. Qoqon madrasasida tahsil korgan. Yoshligidan Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi shoirlar bilan ijodiy aloqada bolib, ozi ham sherlar yozgan. Navoiy, Amiriy, Muqimiy, Kamiy, Haziniy, Charxiy va boshqalarning gazallariga moslab katta ashulalar ijro etgan. Shuningdek, E. repertuaridan mumtoz va zamonaviy ashulalar, maqom yollari, mas, "Davo qilasiz", "Chapandozi Gulyor", "Yangi bog", "Unutmanglar", "Zamondandir", "Qoqon Ushshogi", "Chortoq" va boshqalar orin olgan. Chustiy, Xastadil, Firoqiy singari shoirlar E. ijodidan ilhomlanib ashulabop sherlar yaratishgan.

E. Moskvada bolgan Ozbek sanati dekadasi qatnashchisi 1937. Katta Fargona kanali quruvchilari va Ikkinchi jahon urushi yillarida jangchilar va mehnatkashlarga ozining ruhlantiruvchi qoshiq va ashulalari bilan madaniy xizmat korsatgan. Oz davrining usta askiyachilaridan biri sifatida mashhur bolgan. Sherqozi Boyqoziyev, Ergash Haydarov, Rasulqori Mamadaliyev, Mehmontora Toychiyev va boshqalar E.ning shogird va hamnafaslari edi.

Ad. Ozbekiston xalq sozandalari, 2-kitob, T., 1974.