ⓘ Erkin iqtisodiy zonalar -davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xojalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugullanish uchun imtiyozli soli ..

                                     

ⓘ Erkin iqtisodiy zonalar

Erkin iqtisodiy zonalar -davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xojalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarz. kop hollarda davlatlararo tutash hududlarda, xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yollari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.

Erkin iqtisodiy zonalarz.da alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qati nazar, shu mamlakatning ajralmas bolagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ni tashkil etishdan maqsad koplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yol bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.

Erkin iqtisodiy zonalarz.ni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik togri emas. Uning tarixi juda kohna. Erkin iqtisodiy zonalarz. tarixi mil. boshlariga borib taqaladi. qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oz portlariga erkin kiribchiqishini va ularning xavfsizligini taminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari ozlarini "erkin savdo shaharlari" deb elon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi bolgan, mamlakatning barcha karvon yollari hokimiyat himoyasiga olingan.

Erkin iqtisodiy zonalarz ning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar asosan, eksportga ixtisoslashgan ham mavjud. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarz.lardan biri Irlandiyada "Shennon" aeroportida 1959 tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi "DogAylend" aeroportida paydo boldi. Bazi Erkin iqtisodiy zonalarz,lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud "Shenjen" va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar rivojlangan, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qollanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk - Xeyxe, Qora dengiz boyi, Kaliningrad viloyatidagi "Yantar" Erkin iqtisodiy zonalarz.lari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalarz. mavjud.

Ozbekistonda Erkin iqtisodiy zonalarz. goyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996 yilning 25 aprelda mamlakat parlamenti Ozbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar togrisida" qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meyoriyhuquqiy asos yaratdi.

Nurislom Toxliyev.