ⓘ Eron togligi - Garbiy Osiyodagi yirik toglik, asosan, Eronda, shuningdek, Afgoniston va Pokistonda, qisman Iroq va Turkmaniston janubida. Garbda Mesopotamiya pa ..

                                     

ⓘ Eron togligi

Eron togligi - Garbiy Osiyodagi yirik toglik, asosan, Eronda, shuningdek, Afgoniston va Pokistonda, qisman Iroq va Turkmaniston janubida. Garbda Mesopotamiya pasttekisligi va sharqda Hind vodiysi oraligida joylashgan. Uzunligi garbdan sharqqa 2500 km, shimolidan janubga 1500 km ga chozilgan, maid. 2.7 mln. km². Eron togligi alphimolay geosinklinal oblastida alp orogenezi natijasida vujudga kelgan. Relyefi murakkab, burmali va burmalipalaxsali toglar bilan birga ular orasida akkumulyativ tekisliklar ham uchraydi. Keng ichki yassitogliklar shimolidan Elburs, TurkmanistonXuroson, Paropamiz, Hindukushning garbiy tizmalari bilan, janubidan Zagros, Makron, Sulaymon toglari bilan oralgan. Yassitogliklar ichki qismida berk botiqdar, chekkalarida Dashti Kavir, Dashti Margo, Dashti Lut va boshqalar qumli chollar, shorxoklar bor. Cholli botiqlar qir va toglar bilan ajralgan. Iqlimi subtropik kontinental, quruq iqlim. Ichki yassitogliklarda yillik yogin 100 mm, toglarda 500 mm gacha, Sulaymon va Elburs toglarining tashqariga qaragan yon bagirlarida 1000–2000 mm gacha. Daryolari kamsuv, qisqa, asosan, sugorishda foydalaniladi. Osimliklari chala chol va chol hamda quruq dashtga xos. Sharqiy yon bagirlarida savanna, siyrak ormonlar, shimoliy yon bagirlarida sernam keng bargli subtropik ormonlar bor. Tuprogi, asosan, boz tuproq. Hayvonot dunyosida sudralib yuruvchilar, hasharotlar va orgimchaklar keng tarqalgan. Voha dehqonchiligi va yaylov chorvachiligi bilan shugullaniladi.