ⓘ Erxard rejasi - nemis iqtisodchisi, GFRning davlat va siyosiy arbobi Lyudvig Erxard tomonidan olga surilgan ijtimoiy bozor xojaligi konsepsiyasi va neoliberaliz ..

                                     

ⓘ Erxard rejasi

Erxard rejasi - nemis iqtisodchisi, GFRning davlat va siyosiy arbobi Lyudvig Erxard tomonidan olga surilgan ijtimoiy bozor xojaligi konsepsiyasi va neoliberalizm goyalariga asoslangan iqtisodiy islohotlar dasturi. Erxard rejasi Garbiy Germaniyaning "nemis mojizasi"ga erishish imkonini bergan iqtisodiy islohotlar majmui bolib, unda 2jahrn urushida vayronaga aylangan mamlakatni, izdan chiqqan iqtisodiyotni qayta tiklash omillari belgilab berilgan. Bu reja 1948 yildan boshlab GFR kansleri K.Adenauer va L.Erxard hamkorligida mamlakat iqgisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan va amalga oshirilgan. Erxard rejasiga kora, 1948 yil 21 iyunda mamlakatda asosiy muammo bolgan yuqori inflyatsiyani jilovlash uchun ota keskin pul islohoti amalga oshirildi, eski reyxsmarka orniga yangi doychmarka joriy qilindi. Bunda kishi boshiga 40 DM 1/1 nisbatda, qolgan mablaglar esa yangi valyutaga 1/10 nisbatda almashtirildi. Shuningdek, tijorat banklardagi jamgarmalarning katta qismi muzlatib qoyildi. Ayni paytda GFR hukumati ishlab chiqarishni qollabquvvatlash maqsadida amaldagi soliq stavkalarini keskin pasaytirdi, Nemis yerlari banki esa majburiy zaxiralar meyorini pasaytirdi. Mazkur choralar iqtisodiyotni keng miqyosda arzon kreditlar bilan taminlab berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShning Garbiy Yevropani qayta tiklashga qaratilgan Marshall rejasi doirasida GFRga ajratilgan 2.422 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi yordam ham Erxard rejasi ning muvaffaqiyatini taminladi. Ijtimoiy bozor xojaligi modelida totalitar markazdan boshqariladigan iqtisodiyotdan keskin farqlanadigan usullar qollanildi. Natijada qisqa muddatda GFR da iqtisodiy yuksalish jarayonlari boshlandi. Jumladan, 1948 yil GFRda sanoat ishlab chiqarish 50%, 1949 yilda esa 25% osdi. 1953 yilga kelib GFR yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarish boyicha Garbiy Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng kuchli mamlakatiga aylandi, nemis doychmarkasi esa dunyoning qadrli valyutalari qatoridan joy oldi. Erxard rejasi bosqichmabosqich amalga oshirildi. 1963 - 67 yillarda GFR kansleri bolgan L.Erxard 1965 yilda GFRda "ijtimoiy bozor xojaligi"ni barpo etish dasturi nihoyasiga yetganligini elon qildi. Erxard rejasi va uning asosiy goyalari GFRda oz hayotiyligini korsatdi va boshqalar bir qancha mamlakatlar da keng qollandi.

Qahramon Haqberdiyev.